Asosiy mavzular
17 january 2026

Termizda afg‘on fuqarosi hindistonlik harbiyni pichoqlab o‘ldirdi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayram qilingan oqshomda qonli voqea sodir bo‘ldi. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, shahardagi afg‘on tadbirkorlari tomonidan boshqariladigan kafe-barlardan birida Hindiston Qurolli Kuchlari zobiti va afg‘on fuqarosi o‘rtasida kelib chiqqan janjal o‘lim bilan yakunlangan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisaga hind harbiysining kafedagi afg‘on qiziga nisbatan qilgan noo‘rin xatti-harakatlari sabab bo‘lgan. Qizning sha'nini himoya qilish maqsadida vaziyatga aralashgan afg‘on yigiti va zobit o‘rtasida keskin nizo kelib chiqqan. Natijada, afg‘on fuqarosi hind harbiysiga pichoq bilan og‘ir jarohat yetkazgan.

Ma'lum qilinishicha, mazkur zobit O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ikki tomonlama mudofaa sohasidagi hamkorlik hamda tajriba almashish dasturi doirasida Termizga kelgan. U hududdagi harbiy qismlarda malaka oshirish va amaliyot o‘tash bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan.

Hozirda mutasaddi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Rasmiy ma'lumotlar hozircha e'lon qilinmadi.

Tag‘in o‘qing
8 june 2018
«Zarafshon» zonasiga etap qilingan siyosiy mahkum Muhammad Bekjon 2002 yilning bahorida ayni modda bilan tuhmat qilib ayblangan Rustam Mamatqulov ...
9 april 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning kelishiga yo‘l chetidagi uyi devorini sariqqa bo‘yamagani uchun sirdaryolik huquq faoli Isroil Rizaev uch million so‘m ...
5 april 2023
Bugun eslamoqchi bo‘lganimiz – ulug‘ frantsuz yozuvchisi Antuan de Sent Ekzyuperining «Kichik shahzoda»si. 1943 yilning 5 aprelida Amerikada ilk ...
9 march 2021
Insoniyatning uzoq kechmishidan ma'lumki, Aleksandr Makedonskiy aqlan, jismonan va ruhan tengsiz kuch-qudrat sohibi bo‘lgan. Shuning uchundir o‘z vaqtida ayovsiz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...