Asosiy mavzular
2 october 2025

1 oktyabr – o‘zbek siyosiy mahkumi Muhammad Bekjon tug‘ilgan

Umrining 16 yilini u mahkumlikda kechirdi. Rasman Toshkentdagi 1999 yilgi teraktlar uchun, amalda esa “Erk” gazetasini chop etgani va Muhammad Solihning ukasi bo‘lgani uchun.

2012 yili, dastlabki 15 yillik qamoq muddati tugagach Muhammad Bekjonning Amerikadagi qadrdon oilasi uni sabrsizlik bilan kutar. Qizi sovg‘alar olgan va otasi uchun uyida xonani tayyorlab qo‘ygan, shifokorlarni qabul qilish uchun vaqt tayin qilishgandi.

Muhammad Bekjonni o‘shanda ozod etishmadi. O‘zbek rejimi, u tag‘in turmada 4 yilu 8 oy qolishi kerak deya hukm chiqardi.

Har bir o‘tgan kunni sanab, intiqlik bilan ozodlikni kutayotgan, har tun uyg‘onib, turmada kechgan yana bir kunning o‘tgani, ozodlikning yaqinlashayotganidan zavq olayotgan insonning birdan tag‘in qamoqda qolishini bilishi dahshat. Rasman intizomni buzish, amalda esa Muhammad Solihning ukasi bo‘lganing uchun.

Biz qaysi zolim muddatni uzaytirishga qaror berganini bilmaymiz. Biroq biz aniq bilamizki, u hukumat tepasida, O‘zbekiston qismatini hal qiluvchi bandada qolmoqda. Bu odamlarning qabih ongida siyosiy mahkumlarning muddatini, ozodlikka chiqishlariga sanoqli kunlar qolganda cho‘zish fikri bor.

Bu yovuzlik mutlaqo tushunarsiz va irratsional tuyuladi. Turmadan bir qancha muxolifatchilarni bo‘shatish bilan hukumat siyosiy dividendlar olishi mumkin edi. Muhammad Bekjon yoki boshqa muddati uzaytirilayotgan o‘zbek siyosiy mahkumlari, keksa va sog‘lig‘i puturdan ketgan shaxslardir. Ozodlikka chiqib ular bugungi rejimga qanday havf solishlari mumkin?
Menda bu savolga javob yo‘q.

Umida Niyazova, 2016 yil oktyabr.

P.S: Ciyosiy mahbus va jurnalist Muhammad Bekjon 2017 yilning 22 fevral kuni peshinga yaqin Zarafshon qamoqxonasidan ozod qilindi. Hozirda oilasi va farzandlari bilan Amerika Qo‘shma shtatlarida yashamoqda.

www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 october 2025
23 oktyabr kuni Taftish.uz internet nashri jurnalistlari Eshquvvatova Marjona, Yuldashev Azizbek va tasvirchi Mamatqulov Ulug‘bek Toshkentning Yunusobod tumani Ichki ...
14 november 2025
Prezident maslahatchisi Ruslan Davletovning ma'lum qilishicha, Buxoro davlat texnika universiteti bugungi kunda jinoyatchilik sodir etilishi bo‘yicha Respublikada ikkinchi o‘rinda. ...
10 december 2019
22 dekabrda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi. Shu kuni rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan ...
28 september 2015
Ba'zida o‘zaro bahslashayotanlar orasida bir-birini «manqurt (zombi)» likda ayblashlar uchrab turadi. Xo‘sh, aslida manqurtlar kimlar? Men hozir qo‘ldan kelgancha ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...