ART-DURBIN
26 august 2016

O‘rta Osiëliklar frantsuz fotografi Anri Karte Bresson ob'ektivida

Frantsuz fotografi Anri Karte Bresson reportaj fotojurnalistikasining “otasi” deya nom chiqargan edi. U bir joyda o‘tirmay tinimsiz saëhat qilishga ruju qo‘ygan edi.

Suratkash 1908 yilning 22 avgustida Parijdan sal naridagi Shantle shaharchasida tug‘ildi. Anrining vizual san'at dunësiga kirishiga rassom tog‘asi Lui sababchi bo‘ldi.

Bir muddat rassom Andre Lota ustaxonasida rasm chizishni o‘rgangan Anri 1930 yilda Afrikaga safar qilish asnosida fotograflik maslagiga bay'at berdi.

1954 yili fotograf dunëdagi eng ëpiq mamlakat bo‘lgan SSSRga safar qilish va bu mamlakat hamda insonlar manzarasini fotokameraga tushirish uchun izn oldi.

O‘z saëhati davomida Anri Karte Bresson Sovet O‘rta Osiësi turg‘unlarining muhtasham tasvirlarni plenkaga muxrladi. Fotograf o‘rta-osiëliklarning Moskvada yurganini rasmga oldi.

Shuningdek Sovet O‘rta Osiësiga qalgan safarlari mobaynida fotograf o‘z apparati ob'ektivini oddiy odamlar yuziga yo‘naltirdi.

Safar asnosida frantsuz suratkash odamlar bilan til topishga va mahalliy fazoga singib milliy traditsiyalarni anglashga urindi.

«Fotograf ohista, bildirmasdan ishlashi barobarida o‘tkir ko‘zi bilan voqelikni sinchkov kuzatish lozim. Shu bilan birga u atrofdagilarni o‘ziga jalb qilmasligi kerak Suvni loyqalatsang baliq tuta olmaysan», — der edi rahmatlik Anri Karte-Bresson o‘z shogirdlariga nasihat qilarkan.

O‘z o‘gitlariga o‘zi ham amal qilgan Anri Karte-Bresson doimo izchil va hotirjam tarzda surat olardi. Ko‘chada rasm olaëtgan paytda u odamlarning o‘zi istagan nuqtagacha borishini sabr bilan kutar edi.

Suratkash haët lahzalarini qiëmiga yetishini kutar va o‘zi ideal deb bilgan onda fotoapparat tugmasini bosar edi.

Har gal s'yomka paytida Anri Karte-Bresson omma orasida ko‘rinmas odamga aylanishga va o‘zini fotograf sifatida afisha qilmaslikka tirishar edi.

U hatto fotoapparatning yaltiroq joylariga qora izolenta ëpishtirib qo‘yar, ba'zan kamerani ro‘molga o‘rar edi. «Fotografiya – hech narsa. Meni haët qiziqtiradi». – der edi maestro.

Aynan shu hislatlar bois u tushirgan suratlarda odamlar tirik va tabiiy tarzda ko‘rinadi.

O‘tgan asrning o‘rtalarida SSSR da Anri Karte Bresson tushirgan tasvirlarga termulib tiyran ko‘zli suratkash qobiliyatiga tan beramiz.

Akmal Rizaev,
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 january 2026
Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiyning «Rossiyada fashistik davlat mafkurasi shakllandi» degan bayonoti xalqaro siyosatda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. ...
26 august 2020
O‘limidan bir-ikki yil burun ham Karimovning o‘lgani haqida har xil xabarlar tarqalgan. Jumladan, 2015 yili 17 noyabrga o‘tar kechasi ...
25 august 2023
Yana xafta girr aylandi. Siz bilan yuzma yuz, betma betman.  MS: Nichiksizla, xo‘jik birra oybikalar. Shobbozdayi kadilara salom! RT: ...
4 july 2018
Samarqanddagi Registon maydonida pulli 3D shouni «begonalar»dan to‘sish uchun o‘rnatilgan devor ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbeklar g‘azabini keltirdi. Kirish chiptalari mahalliy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...