Document UZ
31 january 2018

MXX raisi Rustam Inoyatov ishdan ketdi

31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Rasulovich Inoyatov ishdan bo‘shatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ishtirokida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.

MXX raisi lavozimiga shu vaqtgacha O‘zbekiston Bosh prokurori bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi. Bosh prokuror lavozimini esa prezidentning davlat maslahatchisi sifatida ishlab kelgan Otabek Murodov egalladi.

23 yildan beri MXX raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Inoyatovning bo‘shatilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning MXXni ochiq tanqid qilgani ortidan yuz berdi.

1995 yilning 26 iyunidan beri MXX raisi lavozimini egallab kelayotgan 74 yoshli Rustam Inoyatovning mavqei Karimov o‘rtadan ketishi bilan zaiflashgani haqida «Eltuz» 2016 yilda ëzgan edi.

2016 yil 27 avgustigacha, ya'ni Karimovning miyasiga qon quyulguniga qadar O‘zbekistonning so‘nggi 25 yili davomidagi mutlaq rahbari Islom Karimovgagina bo‘ysunib kelgan MXX idorasi va uning raisi qo‘lida asosiy boshqaruv richagi qolgani, «Eltuz» suhbatlashgan mulozimlarga ko‘ra, Mirziëev havotiriga sabab bo‘lgan.

Hozirda ishdan olingan Rustam Inoyatov nafaqat KGB/MXX, balki mustaqil O‘zbekiston hokimiyat tizimlari tarixida o‘z kursisida eng uzoq o‘tirgan amaldor sifatida tarixda qoldi.

«Eltuz» Rustam Inoyatovning korruptsiya yo‘li bilan qo‘lga kiritgan mol-mulklari haqida qator maqolalar e'lon qilgan edi.

<iframe width=»560″ height=»315″ src=»https://www.youtube.com/embed/2wlrRXDWgSw» frameborder=»0″ allow=»autoplay; encrypted-media» allowfullscreen></iframe>

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 april 2022
“Smart Houses” MChJ tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida qurilayotgan uy-joylarning ulushdorlari mazkur binolarda qurilish ishlari yakuniga yetkazilmayotgani, ko‘plar firibgarlik ...
15 january 2026
Imtihon paytida professor talabani yiqitmoqchi bo‘lib, savol beribdi: — Tasavvur qil, yo‘lda ketayotsang ikkita qop yotibdi. Birida — aql va ...
27 april 2016
Bugun eltuz.com o‘zining kun karikaturasi ruknida tag‘in musavvir Elsevar chizgan yangi rasmni taqdim etadi. Bu safar rassom keksa yoshdagi ...
26 june 2019
Bugun, 2019 yil 26 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Yunusobod tumani sudining binosida O‘zbekiston Respublikasining sobiq bosh ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...