Document UZ
19 april 2018

«Damas» – oddiy xalq uchun emas!

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan «Damas» avtomobilining narxi oxirgi uch yilda ikki baravar oshib, 50 mln so‘mga yetgan bo‘lsa-da, hali-hamon ochiq savdoda mavjud emas.

«Yana uch yil navbat kutishim kerak», deydi «Eltuz»ning 2017 yildan navbatda turgan suhbatdoshi

«GM O‘zbekiston» AJ tomonidan 2017 yilning sentyabr oyidan avtomobillarni elektron navbat orqali sotish tizimi yo‘lga qo‘yilgani ham mavjud muammoni bartaraf eta olmadi.

«Damas» avtomobili sotib olish uchun 2017 yil noyabrdan elektron navbatda turgan O‘zbekiston vatandoshining «Eltuz»ga ma'lum qilishicha, olti oy ichida uning navbati faqat 80 taga qisqargan va hozirda 470-o‘rinda.

«Damas» olishim uchun o‘rtacha hisobda yana uch yil navbatda turishim kerak, agar bu avtomobil ishlab chiqarishdan olib tashlanmasa, sotib olishim mumkin ekan», – deya kinoya qiladi u.

«GM O‘zbekiston» ma'lumotlarni «tijorat siri» deya yashirmoqda

Xaridorlarlarning «GM O‘zbekiston» elektron navbatlariga shubha bildirishida bir nechta asos mavjud.

Birinchidan, O‘zbekistonda yillar davomida avtomobillarning «shapka» orqali sotilganidan hamma xabardor.

Ikkinchidan, hozir ham hamma avtomobil bozorlarida qo‘shimcha haq evaziga avtosalonlardan navbatsiz avtomobil sotib olishda yordam beradigan shaxslar faoliyat yuritmoqda.

Asaka avtomobil zavodi 2018 yilning birinchi uch oyida Rossiyada 4100 dona avtomobil sotganligi ma'lum, lekin ayni shu muddatda uning O‘zbekiston ichki bozorida nechta mashina sotgani ochiqlanmagan.

«GM O‘zbekiston» AJning «Eltuz» muxbiriga bergan rasmiy bayonotiga ko‘ra, avtozavodning dilerlar orqali sotgan avtomobillari soni, rusumi va shu kabi boshqa ma'lumotlar tijorat siri bo‘lib, oshkor etilmaydi.

Hukumat tomonidan bir yoshga «to‘lmagan» avtomobillarning oldi-sotdisini cheklovchi qarorning bekor qilingani ortidan yangi avtomobillar bozori to‘la ravishda olibsotarlar qo‘liga o‘tishi mumkin.

Oddiy fuqarolarning O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «Damas» kabi arzon avtomobillar sotib olish orzusi esa haligacha armon bo‘lib qolmoqda.

Umid Erkin
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 april 2018
«O‘zbekkontsert» davlat muassasasida 30 mart kuni muhokama etilgan to‘ylarni ixchamlashtirish haqidagi Senat qarori tasdig‘i noma'lum muddatga qoldirilgan edi. Eltuz.com
2 december 2025
U maxsus skafandr shaklidagi durbin va blutuz ërdamida durbinni dastaklaydigan telefon apparatini temir chelakka tashladi. Ortidan maxsus dastur ëzilgan ...
20 august 2024
Rassom Tuz
12 july 2016
U 16 yil fermerlik qildi. Otasining ham suyagi dalada qotgan, qirq yil davomida paxta yetishtirish bilan shug‘ullangan. Avval otasiga, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...