Catira
9 may 2018

Mirziëev Xotira kunini «G‘alaba bayrami»ga o‘zgartirdimi?

O‘zbekistonda bu yilgi 9 mayni eski sovet an'analariga xos nishonlashga har yilgidan oshiqcha g‘ayrat ko‘rsatilmoqda.

Tarmoqda rossiyaparastlik ramzlariga qarshi fleshmob boshlangandi

Bu tadbirlardan, «Eltuz» nashri ilgari ta'kidlaganidek? prezident Mirziyoevning o‘zi va mulozimlari ham chetda turishgani yo‘q.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov 9 may kuni sovet askari formasidagi askarlarini prezident Mirziyoevga ko‘rsatmoqda

Prezidentning rasmiy saytida «9 may – Xotira va qadrlash kuni» jumlasi ortiga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi degan uzun jumla ulanganini ko‘rish mumkin. Ba'zi hollarda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri G‘alaba kuni deya atalmoqda.

Shu kuni Mirziyoev «Motamsaro ona» haykaliga gulchambar qo‘ydi. Yaqinda joyi poytaxt markazlariga ko‘chirilgan Shomahmudovlar va sovet generali Sobir Rahimov haykallarini borib ko‘rdi. Shuningdek, Toshkentning Botanika bog‘ida Mudofaa vazirligi sahnalashtirgan «urush manzarasi»ni ko‘rishga bordi.

Toshkent hokimligining «O‘lmas polk» aktsiyasi nishonlanmasin deganiga qaramay…

2-jahon urushiga bag‘ishlangan «O‘lmas polk» tadbirlarining keng nishonlanayotgani ijtimoiy tarmoqdagi faollarning qarshiligiga duch kelgan va ular «Bu bizdan emas!» fleshmobini boshlashgandi.

Shundan so‘ng Toshkent shahri hokimligining bu yil «O‘lmas polk» yurishi o‘tkazilmaydi, degan xabari tarqaldi, lekin bu O‘zbekiston bo‘ylab o‘tayotgan tadbirlarda «O‘lmas polk» shiorlarining ko‘tarilishiga aslo monelik qilgani yo‘q.

Sovet svastikasi, ruslarning georgiy lentalari taqilmoqdi, hatto bolalarni sovet urushi ramzlari bilan kiyintirilishi urf bo‘ldi.

«O‘zbekistonda bolalarni harbiy liboslarga bezatish odati paydo bo‘ldi bu yil. Hattoki, bolalar harbiy paradi ham shu kunlarda o‘tkazildi.

O‘zbekistonda «O‘lmas polk»dan tashqari, bolalarga urush kiyimini kiydirish ham urf bo‘ldi…

Attang, kim bilmasa, jahon tarixida faqat ikki tizim, hozirgi Rossiya va fashistik Germaniya bunaqa odatga amal qilgan, deya pisanda qildi ijtimoiy tarmoqda tahlilchi Anvar Nazir.

Ko‘plab maktablarda, tarbiya muassasalarida Stalin davri ulug‘lanib, Rossiya va sovet bayroqlari ko‘tarildi.

O‘zbekistonda 9 may kuni kechayotgan voqeliklar o‘zbekistonlik faollarni ajablantirmoqda.

«Mantiqni ham yig‘ib qo‘yib, yana bir savol beraylik, nimaga unda bugun Mustaqillik bayramini nishonlaymiz, aksincha, SSSRning qulagan kunini aza kuni, deb e'lon qilaylik va mana boshqatdan imkon tug‘ildi, deb metrolarda “Katyusha”larga kengroq o‘rin beraylik. O‘zbekiston lentasining o‘rniga rus bosqinchilarining bobolarimiz qonini to‘kishganlari uchun belgilagan georgiy lentasini taqib bayramga chiqaylik!

Ikki urush – bugungi Rossiya va fashistlar Germaniyasi davri bolalari…

Ayting, balkim men mantiqan adashayotgandirman?» deya yozdi shu kuni psixolog olim Mahmud Yo‘ldoshev feysbukdagi o‘z sahifasida.

Shu kuni urush davri sovet askarlari kiyimidagi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi artistlari ruslarning urush haqidagi qo‘shiqlarini kuylab o‘zbek prezidentiga peshvoz chiqishdi, 2-jahon urush aslahalari fonida ularni O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov prezident Mirziyoevga taqdim qildi.

«Bayram»ni kuzatayotgan ijtimoiy tarmoqdagi faollar Gitler Germaniyasi va bugungi Putin davridagi an'analarni bir-biriga parallel keltirishmoqda.

O‘zgalar urushi fonidagi bu maskarad rassom Kirpi rasmiga mavzu bo‘ldi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 august 2016
«Adolat» gazetasi (05.08.16) qariyb 25 yildan kutilayotgan militsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi mumkinligi to‘g‘risida mujda berdi. Gazetaning yozishicha, «Adolat» ...
10 january 2020
2020 yil 8 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Chilonzor tumani sudida kollej o‘quvchilari Maqsud Qosimov va Azizbek ...
18 december 2019
Navbatdagi karikaturada deputatlikka nomzodlar va saylovchilar o‘rtasidagi munosabat qish muammosi orqali aks ettirilgan. 22 dekabrda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik ...
9 december 2020
O‘g‘irlangan va xalqaro maydonga olib chiqib ketilgan aktivlarni o‘z mamlakatiga qaytarish korruptsiyaga qarshi global kurashning muhim vositasidir.  Bu kleptokratlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...