Document UZ
26 october 2020

Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi xodimi rost xabarga nega yolg‘on bayonot berdi?

Ko‘raëtganingiz Afg‘oniston ëki Somalidagi maktab emas. Bu 2020 yilning oktyabr oyida o‘zbek o‘quvchilari ta'lim olaëtgan maktab.  Ijtimoiy medianing o‘zbek segmentida avvaliga bu maktabning rasmi, keyin esa videosi tarqaldi.

Videoda Chiroqchi tumanining Olmazor qishlog‘ida joylashgan 61-maktab o‘quvchilari  xarob ahvoldagi binoda dars o‘taëtgani aks etgan. «Eltuz»ga taqdim etilgan videoda beshinchi va yettinchi sinflarga dars o‘tilayotgan holat tasvirlangan.

Ammo o‘zbek ijtimoiy mediasini junbushga keltirgan bu videoga rasmiylar qanday munosabat bildirdi?

Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi bo‘limi ushbu videoni uyushtirilgan, deya baholadi. Rasmiylar o‘z ayblarini tan olish o‘rniga, “bu montaj”, deya rasmiy bayonot berishdi.

Baënotga va tahririyatimizga kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘sha dars o‘tilgan xonalar chiqindiga to‘la. Rasmiylarning aytishicha, u yerga odam kirmagan.

Mulozimlar  dars jarayonlari to‘liq yangi binoda o‘tmoqda, deya iddao qilishdi.

Qisqa vaqt ichida maktab direktori yangi maktab binosi bilan tanishtirgan video yutubda e'lon qildi.

«Eltuz» muxbiri dars jarayoni aks etgan video bo‘yicha rasmiylardan aniq  ma'lumot ololmadi. Maktab rahbariyati voqea tafsilotlari bilan o‘rtoqlashgisi kelmadi.

Shundan so‘ng «Eltuz» muxbiri Olmazor qishlog‘i turg‘unlari bilan bog‘landi.

Qishloq aholisining «Eltuz» gaplashgan vakillariga ko‘ra, maktabning ta'mirlangan yerlarida ham hali kamchiliklar mavjud. Bino bitmagan. Bolalar  eski binoda  o‘qigan.

«Eltuz»ga taqdim etilgan ko‘rayotganingiz videoda bolalarning eski maktabda o‘qiëtgani o‘z tasdig‘ini topgan.

Ammo nega Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi noto‘g‘ri ma'lumot berdi? Javobni Xalq ta'limi vazirligidan kutamiz.

Bundan oldin «Eltuz» Enamyaxshi qishlog‘idagi maktab bilan Toshkentdagi super ta'mirlangan maktabni solishtirib video qilgan edi.

Bilgichlarning aytishicha, Toshkentdagi 110-maktab dunëdagi eng qimmat ta'mir bo‘yicha barcha rekordlarni ortda qoldirgan.

7 yulduzli mehmonxonalar ham orzu qiladigan unitazlar o‘rnatilib, italyan marmari qoplangan hojatxonalar va barmog‘ing bilan silasang gapiradigan smart doskalar. Aqlli bo‘r va oltin durbinlarda Mars sayërasi ko‘rinadigan rasadxona, planetarium.

Svorovskiy javohirlari bilan bezatilgan qandillar. Birdaniga 200 bola cho‘miladigan, Florentsiyadan keltirilgan marmar qoplangan hovuz.

Mana bu esa Enamyaxshi qishlog‘idagi maktab. O‘zbekistondagi Enamyaxshi qabilidagi 10 mingta maktabga Alisher Burxonich usulidagi bitta hashamatli maktab to‘g‘ri keladi.

Yaqinda sobiq deputat Qobil Do‘sov ta'lim tizimini tanqid qilgani uchun xalq ta'limi vaziri Shermatov tarafidan sudga berilgan edi.

Endi yana solishtiramiz. Bu Chiroqchidagi maktab. Mana bu esa Toshkentdagi. Ikkalasi ham rasman bir maqomda. Ikkalasida ham O‘zbekiston vatandoshlari o‘qiydi. O‘zbekistonda qashshoq boradigan va boyning bolasi boradigan maktab deya kastalarga ajratish qoidasi rasman yo‘q. Qolaversa, konstitutsiya bunga izn bermaydi. Ammo amalda buning teskarisi.

O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri janob Sherzod Shermatov, sizdan bu borada izoh so‘raymiz.

Zero, masala O‘zbekistondagi ta'limning tabaqalashuvi va kelajakdan mahrum qilingan ësh avlod haqida bormoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 december 2021
Rassom Kirpi
5 december 2025
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi o‘rmon xo‘jaligida cho‘ponlik qilib yurgan fuqaro jami 52 bosh echkini o‘g‘irlaganlikda ayblandi. «Men xo‘jalik mulkini ...
3 april 2023
E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. Xorazmdagi yetimxonada voyaga yetmagan qizlarning pedofil amaldorlar tomonidan muttasil zo‘rlab kelingani ...
29 march 2022
“Usmonov AQSh va Yevropa Ittifoqidagi barcha aktivlarini do‘stlarining hisoblariga o‘tkazib qo‘ygan”. Gamburg rasmiylari asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning yaxtasi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...