Document UZ
5 january 2023

Sobiq Bosh prokuror 10 yillik qamoqdan 3 yilda chiqdi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashidjon Qodirov Zangiota qamoqxonasidan ozodlikka chiqqani haqida Eltuzga bir-biridan mustaqil manbalar habar berdi. 2018 yil, 22 fevralda hibsga olinib, 2019 yil, 26 iyunda 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Rashidjon Qodirov 3 yil qamoq qoidalarini buzmagagani, yaxshi xulqi va chevarligi hisobga olinib, manzil koloniyaga chiqarilgani aytildi. Manbaga ko‘ra, bu qaror Zangiota sudi tarafidan qabul qilingan. Aslida o‘ta og‘ir jinoyatlar silisilasini amalga oshirgan sobiq prokuror 2028 yilda ozodlikka chiqishi kerak edi.

2018 yilning 17 mart kuni Samarqandda qilgan ma'ruzasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov o‘z qo‘l ostidagilardan har oyda katta miqdorda pora olib kelgani uchun qamalganini ta'kidlagan edi:
“Bosh prokurorni nega qamadim? Hammasi o‘g‘ri edi. Har bir tuman prokurori qanchadan pul berganini bulbuldek sayrab yotibdi turmada. Samarqandda ham 7 tuman prokurori har oyda berib turgan. Har oyda 2 ming dollardan bergan, prokuror bo‘lish uchun 35-40 ming dollardan bergan. Tayloq tumani prokurori 40 ming bergan bo‘lsa, bu pulni qaytarishi uchun Tayloqni sotishi kerak-ku? Mana qanday vaziyatda yashaganmiz”, Mirziyoev o‘z so‘zida davom etar ekan: “Qo‘limiz kalta edi, bir-ikkita tashkilotlar bor edi. G‘o‘ddayib, atrofimizda poylab yurardi. O‘zlari eng katta o‘g‘ri edi. Bu ham haqiqat”, deb aytdi.


2018 yili Andijon viloyatiga safar qilgan chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoev Ulug‘nor tumanida viloyat rahbarlari va faollari bilan o‘tgan yig‘ilishda sobiq bosh prokuror Rashidjon Qoidrovni tilga olib 2-3 oy ichida sobiq bosh prokuror televideniega olib chiqib sharmanda qilish va'dasini bergan edi:

«Mana, Bosh prokuror Rashid Qodirov butun boshli jamoasi bilan qamoqda yotibdi. Million-million dollar topshirib yotibdi. Ikki-uch oy ichida televidenie orqali o‘zini gapirtiraman. Bitta noinsof o‘g‘li milliarder!» O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashitjon Qodirov 2018 yil, 22 fevralda hibsga olinib¸ 2019 yil, 26 iyunda 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qodirov¸ pora olish, pora berishga vositachilik qilish, firibgarlik¸ soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash¸ jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan edi.
Qodirov bilan ayni mahkamada prokuratura va MXXning jami 12 sobiq yuqori lavozimli amaldori ustidan hukm o‘qilgan edi.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
29 may 2017
O‘zbek kino artisti va qo‘shiqchisi Dilfuza Ismoilova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevga qo‘shiq bag‘ishladi. 49 yashar Dilfuza Ismoilova “Gap yo‘q” ...
23 march 2016
22 mart kuni Jizzax viloyat jinoiy ishlar sudida bo‘lib o‘tgan appelyatsiya maxkamasida, sudlanuvchilar Aramais Avakyan, Furqat Jo‘raev, Bektemir Umrzoqov ...
3 november 2020
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etigan «O‘zing yasab ol» jurnalida cho‘chqa rasmi tasvirlangani O‘zbekistondagi qadimchi konservatorlar qatlami ...
18 february 2021
Manqurt «doda»lar rusga sotqinlik evaziga berilgan yuksak lavozim, lyuks mashina va uylarni xayol qilayotgan zamonlarda biz mazlum xalqimizning paxta ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...