Document UZ
31 january 2024

U haqda 21 haqiqat

U

1. Sharqda mash'al bo‘lgan, kondintsionerdan tortib harbiy uchoqqacha ishlab chiqariladigan yuqori sanoatli davlatni dunëga arzon ishchi kuchi yetkazib beradigan qoloq va xarob  o‘lkaga aylantirdi.

2. Konvertatsiyani cheklagani ortidan iqtisod muzladi va pul bosuvchi stanok ënida turgan saksonta oila milliarderga aylandi va aksar aholi qashshoq bo‘ldi.

3. Ismida bek ëzilgan millat pasportiga “tilanchi”, “qashshoq” ma'nosidagi fuqaro tamg‘asini ëpishtirdi.

4. Aynan u O‘zbekiston gazini o‘ris va xitoyga o‘ptim berib, mamlakatni zimistonga aylantirdi. 

5. Ilmiy tekshirish va boshqa o‘nlab ilm dargohlarini ëpdi. Matematik, fizik va muhandislar mamlakatdan chiqib ketdi. Mamlakatni oltin kallalar tark etib, oltin tishli johillar egalladi. 

6. O‘zbekistonda paxta qulligi va majburiy mehnatni eng ayanch nuqtaga olib bordi. Paxta majburiy mehnatiga qarshi chiqqan faol Umida Niëzovani qamadi. 

7. Ilojsizlikdan uyidan chiqib ketib Rossiyada ko‘cha supurib tirikchilik va barqarorlikni ta'minlaëtgan madirkorlardan oshkora jirkandi. Ularni kamsitdi. Elchixona va konsulliklar chetdagi o‘zbek mardikoridan aynan uning davrida yuz o‘girdi. 

8. Nepotizmga asos soldi. Qizlari, kuyovi, xotini sanoqsiz qarindoshlari mamlakatni oshkora taladi. Gangsterizm, birovningmulkini olib qo‘yish prezident qizlari uchun kundalik ishga aylandi.

9. Ëlg‘on va ëlg‘on matbuot aynan uning davrida rivoj topdi. Erkin matbuotni o‘ldirdi. Mamlakatdagi ilk mustaqil Telekompaniya Ey El Sini ëptirib, jurnalistlarni mamlakatdan quvib chiqardi. Mamlakat aholisini faqat o‘ris televideniyasini ko‘radigan zombi narkomanga aylantirdi. 

10. Mamlakatdagi siësiy erkinlikni qassob kabi bo‘g‘izladi. Erk va Birlik kabi muxolifat liderlari mamlakatdan qochdi. Faollar qamaldi. Muhammad Bekjon faqat Erk liderining ukasi bo‘lgani uchun 18  yil qamoqda o‘tirdi.

11. O‘z xaqini talab qilib chiqqan andijonlik tadbirkorlar yirik kalibrli pulemëtdan o‘qqa tutilib qirib tashlandi. Xotinlar, ësh go‘daklar Andijondagi Bobur maydonida otib tashlandi.

12. Mamlakat va davlat xafsizligi bir chetda qolib faqat talonchilik va siësiy terror bilan shug‘ullanadigan  MXX – SNB aynan uning davrida yaratildi.

13. Turkiya¸ Tojikiston¸ Qozog‘iston¸ Turkmaniston Qirg‘iziston rahbarlari bilan arazlashib, mintaqada sovuq urush holatini yaratdi. Tojik chegarasi minalandi. Minalarda o‘lgan yuzlab odamlarning ikki qo‘li uning ëqasida.

14. 2005 yil Andijon qirg‘ini ortidan mamlakat sanoati va yer osti qazilma boyligi nazoratini qo‘sh qo‘llab Rossiyaga tutqazdi.

15. Mamlakatda sug‘urta tibbiëti tizimiga qarshilik qilgani oqibatida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi butkul ishdan chiqdi.

16. Odamlar qalbidagi davlatga ishonch, mustaqillikka hurmat va erkinlikka oshiqlik kabi xislatlarni o‘ldirdi. 

17. Mamlakat ta'lim tizimini ishdan chiqarib, millionlab savodsizlar armiyasini yetishtirdi. 

18. Aynan uning davridagi boshqaruv elitasi va ikki qizi mamlakat oltinlarini tashqariga olib chiqib o‘marib ketdi. 

19. Aynan uning buyrug‘i bilan Toshkentdagi chinorlar kesildi. Shahrisabzdagi qadimiy binolar yiqildi. Samarqanddagi Ozodlik haykali ontarildi. 

20. Aynan  uning davrida boshqaruvning avtoritar diktatura shakli yagona ma'qul tizim o‘laroq yerlashdi. Parlament va sud hukumati falaj holatga keltirildi. Demokratiya yerga ko‘mildi. 

21. Aynan uning davrida yetishgan o‘g‘ri, qallob va ikkiyuzlamchilar bugun davlatni boshqarmoqda. U o‘ldi ammo u yaratgan virus davlatni yemirishda davom etmoqda.

Kim u?

Tag‘in o‘qing
21 may 2018
Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanidagi yig‘ilishda 19 may kuni so‘zlagan nutqida, kun.uz nashrining iqtibos keltirib bildirishicha, prezident Mirziyoev O‘zbekiston uchun ...
12 december 2016
Samarqandda kelasi yili uch yo‘nalishda shahar ko‘chalarini bog‘laydigan tramvay yo‘llari ishga tushirilishi haqida xabar beradi O‘zA nashri. Biroq shu ...
6 august 2025
Namanganda 23 yashar qiz yo‘l bo‘yida unga gap otib shilqimlik qilgan ikki erkakni ayovsiz do‘pposladi.  33 va 30 yashar ...
25 march 2025
Xorazm viloyati Shovot tumanida  20 yashar yigit benzin tsisternasi ichida filtr tuzatayotib vafot etdi.  Uni yolg‘iz qoldirishgan, hech qanday ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...