Document UZ
23 november 2025

O‘zbekiston va Turkmaniston qo‘shma savdo majmuasi ishga tushdi

“Shovot-Toshhovuz” qo‘shma chegaraoldi savdo zonasinining turkman qismi 23 noyabr kuni ochildi. (O‘zbekiston qismi bir haftadan beri ishlab turgan edi.)

Joriy yilning 17 noyabrida prezident Shavkat Mirziyoev va Sardor Berdimuhamedov ishtirokidagi “Shovot-Toshhovuz” qo‘shma chegaraoldi savdo zonasini tantanali ochilishini ko‘rgan xorazmliklar savdo zonasining turkman tarafi ëpiq turganidan afsuslanib Eltuzga ëzishdi.

Eltuz telegram kanali shu xabar asosida “chuchvara atmen” degan xabar chiqardi. Bu tanqidni to‘g‘ri tushungan Turkmaniston  rasmiylari ishlarni tezlashtirib 23 noyabr kuni savdo zonasi eshiklarini o‘zbek va turkmanlar uchun ochishdi.

Kimdir savdo qilish¸ kimdir esa chegaraning ikki tarafidagi qarindosh esh va heshlari bilan diydorlashish uchun savdo zonasiga keldi. Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek intizor ko‘zlarda halqa-halqa ësh…

Bu zonaning ochilishini O‘zbekistondagi Mirziëev boshlagan iliqlik va ochiqlik siësatining qo‘shnilarga ham ijobiy ta'siri deb baholash mumkin.

Qovun qovundan rang oladi, chillaki chillakini ko‘rib chumak uradi. Sizning hovlingiz issiq bo‘lsa qo‘shni hovli hovuzidagi muz ham eriydi. Yangi O‘zbekistonning mintaqadagi ochiqlikka sabab bo‘lgani ijobiy faktor.

Amerikaning Kolumb tarafidan ochilishi eng birinchi navbatda tub amerikaliklar uchun ham ochilish  bo‘lgani kabi ochiq savdo zonasi “taqa-taq ëpiq” rejimda qolaëtgan Turkmaniston uchun o‘zgarish imkoni, muzlar erish fasli.

Eng muximi tikanli simli chegaraning ikki tarafidagi o‘zbeklar uchun visol fasli.

Mazkur hududda direktsiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlarining ma'muriy binolari, savdo pavilyoni va omborlar joylashgan.

Bu yerda “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, interfaol tizimlar, bank, tibbiyot va mehmonxona xizmatlari uchun zarur infratuzilma, shuningdek, katta avtoturargoh ham tashkil etilgan.

Zona faoliyati umumiy aholisi 3,5 milliondan ziyod bo‘lgan ikkita muhim hudud – O‘zbekistonning Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Eltuzda chiqqan tanqid ortidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning  tez va samarali tarzda muhbirlar bilan bog‘lanib muammoga yechim izlagani ham yangi davr ishorati.

Jurnalistlaarga ta'na toshi otganlar “seni ëzganimdan nima foyda bor” deb kelishadi. Mana sizga foyda. O‘zbek mulozimlari qatorida turkman ëshulli, boshliqlarini ham harakatga keltirgan narsa jurnalistning ëzganlaridir.

Nima degandirlar Xivada shoir bo‘lib yetishib Ismomutda ijod qilgan Mahtumquli bobomiz?

Birov bilan oshno bo‘lay desangiz,

Avval o‘z so‘zida turishin ko‘ring.

Tag‘in o‘qing
6 may 2016
O‘tgan hafta boshida Eltuz.com O‘zbekistonda eng oliy hukumat izni bilan yagona monopolist pereferentsiyasi berilgan «General motors» shirkati ustamalari bo‘yicha ...
30 march 2019
Toshkent aeroporti bojxonasida kitoblari va telefoni olib qo‘yilgan o‘zbekistonlik shoir, xorazmlik 56 yoshli Mahmud Rajab 30 mart kuni unga ...
9 june 2017
1948 yilning 9 iyunida YuNYeSKO qarori bilan Xalqaro arxivlar kengashi (XAK, International Council on Archives, ICA) tashkil etildi. Ayni ...
26 april 2021
Prezident Shavkat Mirziyoevning kenja kuyovi Otabek Umarov O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda aktyor Dilshodbek Kattabekov o‘zining Instagram sahifasida ma'lum qildi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...