Document UZ
1 january 2026

Buxoro Davlat Texnika Universitetidagi shubhali shartnomalar

Eltuz tahririyatiga Buxoro davlat texnika universitetida davlat xaridlari jarayonlarida kuzatilayotgan shubhali holatlar yuzasidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda ta'kidlanishicha, universitetda bunday shartnomalar allaqachon oddiy holga aylanib ulgurgan.

Ma'lum qilinishicha, universitetning iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lishiga qaramay, piar ishlari to‘xtamaydi. Doimiy ravishda turli mehmonlar qabul qilinib, ularda universitet haqida ijobiy tasavvur shakllantirish maqsadida milliardlab so‘m byudjet mablag‘lari sarflanayotgani aytilmoqda.

Murojaat muallifining qayd etishicha, so‘nggi ikki yil ichida universitet tomonidan yuz milliard so‘mdan ziyod byudjet mablag‘lari samarasiz yo‘nalishlarga sarflangan. Buni amalga oshirilgan davlat xaridlari ro‘yxatlari orqali ham ko‘rish mumkin. Eng achinarlisi, bu holatdan viloyat va respublika darajasidagi mutasaddilar xabardor ekani aytilmoqda.

Shuningdek, universitet rahbariyati mavjud muammolarni yashirish va “chiroyli ko‘rsatish”ni odatga aylantirgani, bu borada respublikada iqtisodiy sohani nazorat qiluvchi va Senatda ta'sirga ega shaxslarga tayanib ish tutayotgani haqida da'volar bildirilgan.

Universitet jamoasi esa Shavkat Mirziyoev tomonidan Oliy Majlisga yo‘llangan murojaatnomada aytilgan qat'iy talab va printsiplar amalda ijro etilishini, ayniqsa, bu jarayon aynan Buxoro davlat texnika universitetidan boshlanishini kutmoqda.

Eltuz tahririyati mazkur holatlar yuzasidan universitet rahbariyati va mutasaddi idoralardan rasmiy munosabat va izoh kutishini ma'lum qiladi.

Tag‘in o‘qing
4 may 2016
Eltuz.com mahalliy qo‘shiqchi va san'atkorlarni turli chegaralardan chiqmaslikka da'vat qilib kelayotgan o‘zbek mulozimlari hajv etilgan rassom Tuzning yangi karikaturasini ...
28 june 2025
Franklin Templeton kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasiga tegishli $1.7 milliardlik davlat aktivlarini xususiylashtirishni boshqaradi, deya xabar berdi Financial Times. ...
25 march 2024
Turkiyaning Denizli Honaz’ida yashagan 3 bolaning otasi 59 yashar pensiyadagi fermer Ramazon Oqboy (Ramazan Akbay) bundan to‘rt yil oldin xotini ...
30 may 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...