Asosiy mavzular
8 january 2017

Temur xo‘ja o‘g‘li: Terrorchining ulusi va kimligi yo‘qdir

“Istanbul xavfsizlik idorasi bu isqirtni “o‘zbek” deb aytdi, bundan oldin qirg‘iz va uyg‘ur degan gapni aytgan edi», deya yozdi turkiyalik professor Temur xo‘ja o‘g‘li o‘zining FBdagi sahifasida.

«Bir isqirtning shu ëki boshqa millat mansubi bo‘lishi turkistonliklarga isnod keltira olmaydi. Bizdan shunday isqirt chiqibdi deya hafa bo‘lishga asos yo‘q. Terrorchining dini, ulusi, shaxsiyati va kimligi yo‘qdir. U bir MANQURTdir!” deya yozdi Temur Xo‘ja o‘g‘li.

Turk matbuotida yoritilgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, 39 kishini o‘ldirgan terrorchi o‘zbekdir.

Yangi yil kechasi Reina tungi klubiga kalashnikov avtomati bilan hujum qilgan kimsaning ismi Abduqodir Masharipovdir.

IShID askari deya iddao qilingan Masharipov o‘ldirilgan

Qotilning so‘nggi selfisi

Hurriyat va boshqa turk gazetalarining ëzishicha qotil “Abu Muhammad Xurosoniy” kod ismi bilan harakat qilgan.

Matbuot iddaosiga ko‘ra, terrorchi xotini va ikki farzandi bilan 2016 yilning 20 noyabr kuni Qirg‘izistondan Istanbulga uchib kelgan.

Keyin bu oila Istanbuldan, Anqaraga undan keyin esa Ko‘nya shahriga kelgan.

Turk matbuotida ëzilishicha, IShIDning o‘zbek hujralaridan birida ta'limot olgan Masharipov 15 dekabr kuni Turkiyaning Ko‘nya shahridan Istanbulga kelgan.

Seshanba kuni terrorchining xotini Turkiya istixborati tarafidan so‘roq qilingan.

Terrorchining xotini erining dunëqarashidan behabarligini aytgan.

Turkiya istixboratining matbuotga sizdirgan habariga ko‘ra, Abduqodir Masharipov o‘ldirilgan.

Uni kim va nima maqsadda o‘ldirganiga oid ma'lumot yo‘q.

Ma'lum bo‘lishicha qatliomda qo‘llanilgan qurollar IShIDning o‘zbek xujrasi faollari tarafidan Istambulga keltirilgan.

Iddaoga ko‘ra ayni faollar Masharipovning hujum uyushtirgani ortidan logistik qo‘llovni muntazam amalga oshirishgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 february 2018
Namanganning Kosonsoy tumanida 5 fevral kuni 36 kishi xasipdan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, ular ...
11 december 2017
9 dekabrdan Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tabiiy gaz tarmog‘idan butunlay uzish boshlandi. Gaz idorasi nazoratchilari kafema-kafe yurib, ularning ...
23 july 2024
Tutqunlikdagi 12 nafar bola Ukrainaga, o‘zbek asiri esa Rossiyaga qaytarildi, Falastinga reparatsiya to‘lovi belgilandi, Baxti Tashkentskiyning sheriklaridan biri o‘ldi ...
3 may 2022
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida kutubxona qurish uchun olingan yer maydonlarini o‘zlashtirishning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...