Asosiy mavzular
4 october 2017

Ochiqlik bizning qurolimiz

Hamkasbim Bobomurod Abdullaevni O‘zbekiston konstitutsiyasini fitna (zagovor) vositasida ag‘darishga urinishda ayblab chiqishdi.

Bobomurod Abdullaevning 2003 yildan beri Usmon Haqnazarov tahallusi ostida “rejim ko‘rpasi tagidagi illatlarni” fosh qiluvchi maqolalarni ëzib turishini o‘ta tor doira bilar edi. Balki uch ëki to‘rt kishi. Shulardan biri men edim. Yana biri Muhammad Solih.

Maqolalarning informativ sifatliligi, tili, uslubi, faktlar bilan ta'minlangani va ba'zi salbiy unsurlari masalasida mening boshqacha fikrim bor. Ammo gap bu haqda emas.

Gap bir odamning shu jasoratli ishga qo‘l urib 14 yil davomida rejim asabini arralay olganida.

Ko‘plar “Bunday maqolani men ham ëzgan bo‘lar edim” deyishdi, ammo ëzishmadi.

Chunki ëzishsa Bobomurod Abdullaev kabi MXX zindoniga tushishiga ularni aqli yetadi. Ular oddiy qo‘rqoqlikni aqllilik bilan o‘rtmoqchi bo‘lgan hashaki bozingarlardir.

O‘tgan seshanba har ikki soatda “men borman” deya ishorat berib turadigan Bobomurotdan signal kelmay qoldi.

27 sentyabr kuni soat 17 da u xotiniga SMS yuborib hozir boraman dedi. Keyin aloqa uzildi.

Bobomurod MXXning N. To‘raqulov ismli podpolkovnigi boshchiligidagi tezkor guruh tarafidan o‘g‘irlab ketilgani esa keyin ma'lum bo‘ldi.

Faqat ikki kundan keyin tintuv qilishga kelganlar Bobomurodning MXX yerto‘lasida ekanini aytishdi.

Buning ortidan Bobomurodga O‘zbekiston JK sidagi eng og‘ir ayblov yuklangani ma'lum bo‘ldi.

Muhammad Solih Bobomurodni qutqarish uchun uning kimligini ochiqlashga qaror qilganini aytdi.

Uning nazarida, hammasi ochiq bo‘lsagina Bobomurodni o‘limdan qutqarish mumkin edi.

Oddiy sport sharxlovchisi, taksichilik qilib kun ko‘radigan Bobomurod Abdullaevning –Usmon Haqnazarov ekani Istanbuldagi matbuot anjumanida Muhammad Solih tarafidan aytildi.

Buniyu ortidan bir to‘da avom “Voy nega aytdi, endi falon bo‘ladi, pismadon bo‘ladi” deya qahva quyqasiga qarab fol ocha boshladi.

Bobomurodning taxallus ostida maqola ëzishi jinoyat emas. O‘zbekiston qonunchiligida “tahallus ostida tanqidiy maqola ëzgan odam qamalsin” degan modda yo‘q.

Mana Bobmurod – u siz haqda tanqidiy maqola ëzgan Usmon Haqnazarovning o‘zidir.

Sizga endi uning cho‘ntagiga o‘q-nasha solish va boshqa nayranglar qilishga hojat yo‘q. Siz uni mavjud qonunga zid tarzda surbetlarcha so‘z erkinligi qurboni sifatida jazolashga mahkumsiz.
U bir blogger edi. Taxallus ostida maqola ëzardi. Yozganlari sizga ëqmagan bo‘lsa, bu sizning estetik didingiz bilan bog‘liq.

Lekin, jurnalistning so‘zi ëqmadi deya uni qamash mumkin emas.

Bobomurod jinoyatchi emas. U o‘g‘irlik qilmadi, masalan iqtidordagi Bosh vazir Aripovga o‘xshab mamlakatning 7 foiz byudjetini o‘g‘irlash janjalida figurant emas. Ëki MXX raisi Rustam Inoyatovning xotini va o‘g‘illari kabi korruptsion sxemalar bilan pul o‘margani ham iddao qilinmaydi.

Uning ismi o‘zbek o‘g‘ri mulozimlarining Panama ro‘yxatida ham yo‘q. U odam o‘ldirmadi.

U faqat maqola ëzdi.

Buni so‘z va ifoda erkinligi deyishadi janoblar!

Bobomurod qamalganidan so‘ng “uning atrofida shov-shuv ko‘tarish” unga foyda bermaydi deya g‘ingshigan “aqlli”lar uning xotiniga bosim o‘tkaza boshlashdi.

“Jim o‘tirsang o‘zingga foyda” deganlar rasman MXXda ishlamaydigan kimsalar edi. Ular huddi mikroblar quësh nuridan qo‘rqqani kabi oshkoralikdan qo‘rqishadi.

Ammo biz ochiqlik, shaffoflik tarafdorimiz. Bizning kuchimiz ochiqligimizda.

«Kuchsizlarning kuchi haqiqatni qo‘rqmasdan aytishdadir» degan edi, Chexiyani Kommunizmdan holos qilgan davlat arbobi Vaslav Havel.

Otabek Usmonov
Blogger, Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 january 2018
World Politics Review onlayn jurnalida muallif ko‘plab sharhlovchilar «o‘zbek iliqligi» deya atayotgan so‘nggi voqealar tahlili haqida maqola e'lon qildi. ...
13 november 2025
Bu savoldan oldin  jaxlim chiqdi. Meni taniganlar biladi. Odamga o‘xshagan odamman. Keyin  o‘ylandim. Kecha janubiy Yevropadagi qishloq yo‘lidan yuraëtsam ...
2 november 2020
Namangandagi Grand Sherdor mehmonxonasi oldiga osilgan Frantsiya bayrog‘i yirtib tashlanishi voqeasi rasmiy javoblarda bildirilganidan ancha boshqacharoq kechgani ma'lum bo‘ldi.  ...
23 november 2023
Joriy yilning 25 oktyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi, 42 yashar MBni internetda “diniy aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...