Catira
19 december 2017

«Abu Saxiy» nomini o‘zgartirdi: kuchlisi zaifini yengdimi?

Toshkentdagi “Abu Saxiy” bozori peshtoqidagi ëzuv “Toshkent ipak yo‘li” deya o‘zgartirildi. Bu o‘zgarish jaraënini Toshkentdagi “Eltuz” muxbiri fotosuratga oldi.

«Abu Saxiy» bozori peshtoqidagi yozuv o‘zgartirilmoqda

Bojxona “yashil chirog‘i ëqib qo‘yilgan” “Abu Saxiy” o‘tgan yili o‘lgan prezidentning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva va uning eri Temur Tillaevga qarashli ekani aytib kelinadi.

Temur Tillaevning “xususiy savdo imperiyasi” deya nom olgan, ko‘p milliardli daromadlar manbai “Abu Saxiy” bozorining kimga o‘tgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov olamdan o‘tganidan keyin “Abu Saxiy” bozori moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish boshlangan edi.

Tekshiruv go‘ëki aholi e'tirozlari asosida tashkil qilingani haqida “Eltuz»da ma'lumot bor.

Natijada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda chet el valyutasidan noqonuniy foydalanish epizodlari aniqlangani aytiladi.

Bu “tekshiruvlar” aslida “Abu Saxiy” bozorini Shavkat Mirziyoevning kuëvlariga o‘tkazish maqsadida qilingani haqida iddaolar ham mavjud.

Temur Tillaev Toshkentni Islom Karimovning vafoti rasman e'lon qilinishidan avval tark etgandi.

O‘zbekistondagi barcha daromadli biznes, xususan, “Abu Saxiy” o‘zlashtirib olingani «Eltuz» bilan suhbatlashgan mahalliy tadbirkor ta'birida «tabiiy jaraën»dir.

«O‘zbekiston biznes olami xuddi Afrika junglisiga o‘xshaydi. Kuchli hayvon zaifni yeydi. Shoqollarga esa ichak-chavoqlar ham yetadi», – deydi tadbirkor.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 june 2019
Prezident matbuot xizmati 20 iyun kuni bosh prokuror Otabek Murodovning ishdan olingani, uning o‘rniga ilgari Senat raisi bo‘lgan Nig‘matulla ...
16 may 2025
Tokio politsiyasi Tokio shahrining markaziy tumanlaridan biri Shibuyada 2024 yil dekabr oyida sodir etilgan talonchilik va hujumda gumon qilinayotgan ...
17 april 2025
Cud hujjatlarida ismi sir saqlangan toshkentlik 39 yashar erkak ikki ayolga OITS yuqtirdi. Erkak 2009 yildan buyon OITS markazida ...
10 november 2017
9 noyabr kuni Toshkentga Puyol keldi, bilasiz-a? Karles Puyol «Barselona»ning sobiq himoyachisi. Jamoa tarixidagi eng zo‘r himoyachi. 2007 yil ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...