Asosiy mavzular
12 february 2018

Liderlarning ko‘p bo‘lgani yaxshi

O‘tgan yillar davomida o‘zbek muxolifati yetakchiligiga da'vogarlik qilganlar ko‘p bo‘ldi. Ular hozir ham shu da'vosidan voz kechmagan.

Bu da'vo yo‘lida ko‘plari, asosan, bitta shaxs – «Erk» partiyasi raisi Muhammad Solihni qoralash amalini tutdi. Go‘yoki Solihni qoralab yozsa, kimdir uning yetakchiligini tan oladigandek.

Hammasining bir hovuch tarafdorlari bor edi, ular har bir qoralashlardan so‘ng o‘z «etakchisi»ning so‘zlariga dastak tutardi.

Eng e'tiborlisi, bu qoralashlar aksariyat hollarda Islom Karimov hukumatining Solihga qarshi qutqusi kuchaygan paytda paydo bo‘lar, «muxolifat arboblari» esa bu o‘tga go‘yoki moy separdi.

Qolaversa, bu qoralashlar hukumatning Solihga qarshi aybnomasiga hamohang, go‘yoki uni qo‘llab-quvvatlovchi «faktlar»ga boy bo‘lardi. Ularda «hukumat hali hammasini bilmaydi, men Solihning bundan ham ko‘p «ayblari»ni bilaman», degan da'vo ufurib turardi.

Lekin Islom Karimov diktaturasiga qarshi kurashlar yo‘lida hech kim Solihchalik o‘rin tutmadi, Zero, diktator uchun undan dahshatliroq dushman yo‘q edi.

Diktatorga qarshi kurashganlarning hammasiga ham kuchli tazyiqlar bo‘ldi. Ammo Solih duch kelgani kabi sinovlar bilan ularni tenglashtirib bo‘lmadi, deb aytish uchun asoslar yetarli. Hatto buni dushmanlari ham ochiq bo‘lmasa-da, ich-ichidan tan olsa kerak.

O‘zbek ziyolilarining mamlakatimiz rahbariga Muhammad Solihning yurtga qaytishiga ruxsat berishini so‘rab yozgan navbatdagi murojaatini o‘qib, yaqin o‘tmishimizdagi shu voqealar esga tushdi.

Bundan oldin ham ayni mazmundagi ikkita murojaat mustaqil ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan edi.

Xo‘sh, bu murojaatlar nimani anglatadi. Anglashma shuki, xalq, ularning ilg‘or qatlami bo‘lmish ziyolilar kim aslida kim ekanini baribir biladi, tan oladi.

Gapni shu o‘rinda ham tugatsak bo‘lardi. Ammo kim lideru kim ergashuvchi haqidagi bahslarga yechim topib berish bizning iddaomiz emas.

Xorijda fikri ochiq yurtdoshlarimiz talaygina. Demak, muddao shuki, hali ko‘plar qaytishi kerak. Ularning qaytishi mamlakatimizga faqat va faqat foyda keltiradi.

Lider masalasiga kelsak, ular qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Oraga fitna va munofiqlik aralashmasa bo‘ldi. Agar mamlakat kelajagi yo‘lida o‘zaro hamjihatlikda, konstruktiv muloqot orqali harakat qilinsa, bundan a'losi yo‘q.

Qolaversa, mamlakatda bitta lider, aniqrog‘i, hokimi mutlaq bo‘lishi nimalarga olib kelishini chorak asrlik tariximiz yorqin ko‘rsatib berdi. Biz boshqalarning emas, o‘z boshimizdan kechgan voqealardan oqilona xulosa chiqaradigan darajada ongli bo‘lishimiz lozim.

Sardor Azim
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 august 2024
12 avgust kuni bir guruh uzbek va shved vatandoshlari Muxtor Abror Aliy tahallusi bilan tanilgan diniy bloger 48 yoshli ...
30 october 2019
31 oktyabr kuni Jizzax shahri apellyatsiya sudi 35 yashar O‘g‘iloy Quljonovaning o‘z uyidan majburiy chiqarilishi yuzasidan shikoyat arizasini ko‘rib ...
20 september 2024
Mana it quvgan gadoydek xaftayam zuvv etdi, o‘tdi ketdi. Yana sizlarning qoshingizdaman. Suhbati du anda mazzaku, deydi Xayëom. Yuz ...
10 september 2019
Shu yilning 6 sentyabr kuni Asaka tumanidagi tez yordam bo‘limiga keltirilgan bemorning yaqinlaridan biri shifokorni kaltakladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...