ART-DURBIN
17 february 2018

Dindorlar chaqirig‘idan so‘ng turk seriali to‘xtatildi

O‘zbekiston telekanallaridan birida namoyish qilinaëtgan “Sevgi iztiroblari” ko‘p qismli filmi dushanba kunidan boshlab efir setkasidan tashlanadi.

Bu haqda «Eltuz»ga filmni namoyish qilaëtgan kanal muassislaridan biri ma'lum qildi.

Gap 2015-2017 yillarda Turkiyada kinoijodkorlar Hilol Saral va Ekin Pandir tarafidan suratga olingan “Qora savdo” seriali haqida ketmoqda.

Film 2017 yilning eng yaxshi telenovellasi deya topilib, «Emmi» mukofotini olgan edi

Bu serial O‘zbekistondagi qadimchi mullalar tanqidiga uchragan va hatto filmga ovoz bergan o‘zbek artistlari islomiy ekstremistlar tahdidiga nishon bo‘lgan edi.

Qadimchilar nazarida, filmda aks etgan “erlik aëlning xiënati” mavzusi o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydi. Qadimchi mutaassiblar organi bo‘lgan “portal” esa ekstremistik qarashlari bilan tanilgan grafomanning “Buni dublyaj qilganlar harom ish qilibdi va ular millat xoinidir”, degan gapini nashr qilishgacha bordi.

Bu gapga javoban bloger Dildora Mavlonova ularni “qutqargan qo‘lni chaqadigan ilonga” o‘xshatdi.

“O‘sha miyasiga qurt tushganlarning o‘zi harom. Ko‘rdik, eshitdik shunga o‘xshagan bittasining hayotini, serialdagi voqealar xijolatda-ku! Xalq yo‘lida mehnat qilayotgan artistlarimiz halol qilib pul topishadi. O‘sha tekinxo‘rlarning o‘zi harom. Bularga ozgina erkinlik bersang, boshqalarni bo‘g‘ishni boshlashadi”, deydi Mavlonova.

Filmning efirda to‘xtatilishidan xabar topgan tujjorlar zudlik bilan ayni filmning yangi seriyalarini diskka yozib sotishni yo‘lga qo‘yishdi.

Dunëning 28 mamlakatida namoyish qilinaëtgan bu film 2017 yilning eng yaxshi telenovellasi deb topilib, «Emmi» mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

Film Nihon ismli aëlning muhabbat qissasidir.

Nihon bankrotlik ëqasida turgan boy biznesmenning qizi. Kamol esa qashshoq bir sartaroshning o‘g‘li.

Ular o‘rtasidagi muhabbat ijtimoiy tengsizlik to‘sig‘i bilan to‘qnashadi. Shu bois, Nihon sevganiga emas, balki boy otaning johil farzandi Amirga xotin bo‘ladi.

Amir va Nihon olov va muz kabi ikki qarama-qarshi unsur ekani filmdan aën bo‘ladi.

Nihonning qalbi yana eski sevgilisida. Ularning keyingi taqdiri nima bo‘lishini o‘zbek teletomashabini telekrandan bila olmaydi. Chunki qadimchilar bu kinoni efir setkasidan olib tashlashga erishishdi.

Navbatdagi qadam nima? Shaxmat taqiqlanadimi? Ro‘molsiz aëllarning ko‘chada yurishiga taqiq qo‘yiladimi? «Paxtakor» stadioni qatlgohga aylanadimi? Tolibon va IShID normalari tatbiq qilinadimi?

Bu savollar ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmenti muhokamasiga havola. Hozircha film tugadi.

Akmal Rizev
Munaqqid, eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 july 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning o‘z o‘tmishdoshi Islom Karimov davrida ishdan urilgan rahbarlarni qayta lavozimlarga tayinlash siyosatiga darz ketdi. Bu siyosatning ...
6 june 2019
Andijon viloyati hokimi o‘tkazgan matbuot anjumanida mahalliy televidenie rahbari xorij ommaviy axborot vositalarini “umumiy dushmanimiz”, deb atadi. Shu kunlarda ...
1 november 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi va Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi 70 yashar Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini ...
21 february 2021
Prezident Mirziyoev Namanganda Shavkat Abdurazzoqovni viloyatning yangi hokimi etib tayinladi, Uychi tumanidagi to‘rtta sektor rahbarini ishdan oldi, Chustdagi to‘qimachilik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...