Catira
5 march 2018

Hali ham “shapka” bor

O‘zbekistonda “Damas” va “Spark” rusumli avtomobillarga ehtiyoj juda katta. Ammo mamlakat avtosalonlaridan ularni topish ancha mushkul.

Shuning uchun hozir yurtimizda ishlab chiqarilayotgan boshqa rusumdagi avtomobillarni avtosalonlardan bemalol olish mumkin bo‘lsa, yuqorida aytilgan mashinalar uchun ancha “terlash”ga to‘g‘ri keladi.

Sergelidagi mashina bozorida yangi “Damas”ni “moyi bilan” 8800 dollar deb turishibdi. Savdolashib, tortishib uni 8500 dollarga olsa bo‘ladi.

Avtosalonda esa uning narxi taxminan 51 million so‘m. Agar buni dollarga chaqsak, taxminan 6200 atrofida chiqadi.

Demak, avtosalondan yo‘lini qilib mashina bozorga olib chiqishning iloji topilsa, “Damas”ning “ustida” 2300 dollari bor.

Aynan shu holat shu kunlarda avtosalondan “Damas” olishda “shapkaboz”lik urchishiga sabab bo‘layotir.

Ko‘pchilik biladi, yaqin-yaqinlargacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni avtosalondan olib chiqish “shapka”siz bo‘lmasdi.

Valyutaning erkin konvertatsiyasiga o‘tilgach, bu holat bir qadar barham topdi. O‘rni kelganda aytaylik, shu bahonada “JM-O‘zbekiston” o‘zi ishlab chiqarayotgan avtomobillarning narxini yana ancha ko‘tarib oldi.

Shunga qaramay, “Damas” bilan bog‘liq “shapkaboz”lik ko‘rsatib turibdiki, hali avtomobil bozoridagi qing‘irliklar barham topgani yo‘q.

Yaqinda bir tanishim salondan “Kaptiva” olishda ham “shapka” borligini aytib qoldi. Tekshirib ko‘rishga hali ulgurmadik…

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 november 2015
Obid qoriga suiqasd qilgan Jukovskiy buyruqni Toshkentdan olgani haqidagi ayblov xulosasini Shvetsiya prokuraturasi tergovchisi Krister Petersson 17 noyabr kuni ...
8 july 2022
Zebra degan hayvon bor. Eshshakning bir turi. Go‘shti halol bo‘lgani uchun so‘yib yesa bo‘ladi. Zebraning usti oq qora yo‘l ...
22 may 2020
Ramazonning beshinchi jumasida siz bilan gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman. Bormisiz, og‘am, inim, singlim, opam, onam. Siz ...
7 march 2020
“Straus House” muassisi tuyaqush olib  beraman deb odamlardan aldab olgan pulini timsoh sotib olish uchun sarflabdi. Ammo na timsohdan va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...