Catira
18 april 2018

Mirziëev uchun teatr

Mirziëev N viloyatining olis bir tumaniga vertolyotda uchib keldi. Yurtboshi tikuchar zinasidan tushib, atrofga alanglab qaradi. Atrof ivirsib ëtibdi. Hamma tomon chiqindi. Daraxtlar oqlanmagan. Mahalliy hokim qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, ayërona jilmayib turibdi.

«Mana, bo‘lar ekan-ku! Meni keladi deb ko‘cha supurmaganing bilinib turibdi», deya yurtboshi hokimning yelkasiga qoqib, majlis zaliga kirib ketdi.

Tashqarida qolgan hokim o‘rinbosari ko‘chaga chiqindi sepib, oqlangan daraxtlarni qoraga bo‘yab yurgan o‘qituvchi, shifokor va teatr artistlarga uyiga javob berish oldidan navbatdagi vazifani belgilab berdi:

«Ertaga yurtboshi N tumaniga borib, tovuqxona ochilishida qatnashadi. Sizlar sal oldin borib, hamma yerga chiqindi to‘kib chiqishlaring kerak. Viloyat teatri artistlari esa “asalari boquvchi” hoji ota , “tovuq boquvchi” tadbirkor, “limon yetishtiraëtgan” sobiq terrorchi rolini o‘ynab berishlari shart. Qani, marsh! Haromilar!!!»

O‘qituvchi, shifokor va artistlar bo‘ynini qisgancha dono yurtboshini duo qilib, arzon uylari tomon ketishdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 may 2018
Cobiq sovet davrida rangtasvir asarlar yaratib, yorqin shuhrat qozongan sanoqli o‘zbek rassomlaridan biri Ne'mat Qo‘ziboev bundan 14 yil burun, ...
20 february 2017
Besh yil burun Shvetsiyaning Stromsund shaharchasida yollanma qotil tomonidan otib ketilgan taniqli imom Obidxon Nazarovning yaqinlari uning ancha tuzalib ...
11 july 2016
O‘zbekkino Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida tasvirga olinayotgan “Muqaddas istak” nomli ushbu film qahramonlari orasida O‘zbekistonda terrorchi tashkilot ...
3 november 2020
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etigan «O‘zing yasab ol» jurnalida cho‘chqa rasmi tasvirlangani O‘zbekistondagi qadimchi konservatorlar qatlami ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...