Asosiy mavzular
6 november 2018

Farg‘onalik sobiq notariuslar reabilitatsiya istamoqda

Farg‘ona viloyati notarial idoralarining bir guruh sobiq xodimlari o‘zlariga nisbatan Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) tomonidan uyushtirilgan jinoyat ishi yuzasidan “adolat istamoqda”.

Ularning “Eltuz” tahririyatiga yuborgan maktubida yozilishicha, 2016 yilda 22 nafar davlat notariusi va notarial idoralarning ellikka yaqin xodimiga nisbatan “qasddan g‘ayriqonuniy ravishda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”. Bir kimsaning notarius ustidan yozgan arizasi asosida Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Rishton, Bag‘dod, Uchko‘prik, Buvayda, O‘zbekiston, Quva, Toshloq tumanlari, Qo‘qon va Farg‘ona shaharlaridagi notariuslar javobgarlikka tortilgan.

Maktubda jinoyat ishi faqat maxsus tuzilgan ro‘yxatga kiritilgan notariuslarga nisbatan qo‘zg‘atilgani, “buni bemalol “notariuslar ishi” deb atasa bo‘laverishi” ta'kidlangan.

Xatda bayon etilishicha, notariuslar fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda ortiqcha pul olganlikda ayblangan. Jinoyat ishlarida hech qanday dalillar bo‘lmagan, faqatgina fuqarolardan majburlab, aldab, qo‘rqitib olingan so‘roq bayonnomalari mavjud, xolos.

Maktub egalarining ma'lum qilishicha, tergov harakatlarini Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan tuzilgan tergov guruhi amalga oshirishi lozim bo‘lgan holda bu ishlarga noqonuniy holda moliya va soliq, SVOJQKD, IIB xodimlari jalb qilingan.

Tergov tomonidan ko‘rsatmalar qo‘rqitish, aldov, tazyiqlar vositada olingani, hatto vafot etgan ba'zi fuqarolar ishtirokidagi so‘roq bayonnomalari rasmiylashtirilgani iddao qilinadi maktubda.

Unda yana yozilishicha, sudlangan notariuslarning har biridan millionlab so‘m (ba'zilaridan qariyb yuz million so‘m) “zarar” davlat foydasiga undirilgan.

Sobiq notariuslar bu ishlarning boshida MXX Farg‘ona viloyati boshqarmasida o‘sha paytda sud va adliya sohasi kuratori bo‘lgan Sardor Qurbonov turganini, tergov guruhi a'zolari va sudyalar uning ko‘rsatmasini so‘zsiz bajarganini ma'lum qilgan.

“Eshitishimizga qaraganda, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasining sobiq boshlig‘i Mirhayot Nazaraliev Farg‘ona viloyati hokimi va MXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i bilan chiqisha olmay qolganligi uchun uni ishdan bo‘shatish maqsadida yuqoridagi “qirg‘inbarot” uyushtirilgan, adliya boshlig‘i esa MXX xodimlari qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qolganligi sababli shu noxaqliklarning yuz berishiga keng yo‘l ochib bergan va xodimlarini qurbon qilgan”, deyiladi maktubda.

Sobiq notariuslar o‘zlarining reabilitatsiya qilinishi, o‘zlariga qilingan “nohaqliklar” fosh etilishini so‘rab Prezident qabulxonasiga, Bosh prokuraturaga, Oliy sudga, Sudyalar oliy kengashiga, Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishganini, shunga qaramay, bu murojaatlar aynan tergovni olib borgan Farg‘ona viloyati prokuraturasiga yuborilayotganini bildirgan.

Maktubi so‘nggida sobiq notariuslar “adolat qaror topishida yordam” so‘ragan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 august 2019
Rassom Kirpieltuz.com
25 january 2018
Hali O‘zbekiston ahli qalbida Oqto‘bada halok bo‘lgan 52 nafar yurtdoshimizning motami og‘rig‘i susaymay turib, marhumlar sha'nini haqorat qilgan Farg‘ona ...
11 january 2024
Qirg‘iziston parlamenti kecha, ya'ni 10 yanvarda ko‘pchilik ovoz bilan deputat Emil Jamg‘irchievni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berdi. Mazkur qarorni ...
11 february 2016
Rassom Tuz Yevropadan turib ochiq jamiyat faollariga huruj qilayotgan o‘zbek rejimi qo‘g‘irchoqlarini hajv ostiga oladi. «Men Obidov voqeasi o‘zbek ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...