Catira
13 august 2019

Allamjonov «Ozodlik» radiosini nega aybladi?

Taniqli janob Allamjonov rahbarlik qiladigan O‘zbekiston Prezidenti ma'muriyati huzuridgi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tag‘in ayblovlar bilan «Ozodlik»ka xuruj qildi. «Ozodlik» go‘yoki Allamjonovning FBdagi aytgan kalimasini kontekstdan «yulib olish»da ayblandi. Ko‘raylik-chi, «Ozodlik»ning bu qilmishi nimadan iborat ekan. Aha, topdim:   

(Ozodlik Radiosi 9 August at 14:59)

Komil Allamjonov: «Odamlarda pul paydo bo‘lsa, ular injiq bo‘lib qoladi va ularni oddiy va arzon narsalar bilan hayron qilolmay qolasan. Ular hayot pul bilan go‘zalligini tushunadi».

Ya'ni ular ushbu tsitatani shunchaki keltirishdi va boshqa narsa qo‘shishmadi. Bu mumkin emasmidi? Axir bu gaplarni aytgan Allamjonov o‘z so‘zlarini rad etmayapti-ku?!

Shundan so‘ng ular sha'niga ayblovlar yog‘ildi, kimdir FBda salbiy izohlar yozdi. Ulardan kimlardir anonim niklardan foydalandi. Mana, ularni endi agentlik jinoiy javobgarlikka tortish bilan shug‘ullanmoqchi. O‘qiymiz:

«Ushbu vaziyat yolg‘on axborotlarni tarqatish uchun soxta profillarni jalb qilish dunyo miqyosida haqiqiy xavfga aylanganini yana bir bor yaqqol ko‘rsatmoqda. Bu esa ularga nisbatan chora ko‘rishni talab etadi. Soxta akkauntlarning bunday faolligi O‘zbekiston media maydonida ham kuzatilmoqda, bunda muayyan shaxslar doirasining manfaatlari yo‘lida soxta akkauntlardan foydalanish tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan bugungi kunda agentlik tomonidan IP-ma'lumotlarni aniqlash uchun soxta akkauntlarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda, keyinchalik ular tegishli idoralarga qonuniy chora ko‘rish maqsadida taqdim etiladi».

Mana, endi kim o‘z shaxsini niklar ortiga berkitayotgan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling. Sizlar bilan shug‘ullanishadi. Men VPN orqali efirga chiqish bilan o‘z IP-adreslaringizni yashirishingizni maslahat beraman.

Material oxirida agentlik tag‘in «Ozodlik»ka hujum qiladi: «… Biz “Ozodlik” radiosi axborot bilan ishlashda g‘irrom usullarni qo‘llashi hamda jurnalistik faoliyat va etika tamoyillarini buzishda davom etayotganiga yana bir bor ishonch hosil qildik. Ushbu OAV rahbariyati hozirga qadar AOKAning avval yuborgan rasmiy murojaatlariga javob qaytarmadi…».

Bunday iddao qaerdan chiqayapti? Ey, bizning injiq Allamjonovimiz, sizda mantiq degan narsa bormi? Agar kimdir FBdagi izohlarida sizga yoqmaydigan gaplarni yozayotgan bo‘lsa, bunga  «Ozodlik»ning nima daxli bor?

PS: Darvoqe, anonim niklar ortida siz yollagan trollar ko‘proq uchrayapti, janob Kaprizmen.

Alisher Ilhomov
Siyosiy tahlilchi, feysbuk sahifasidan
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 january 2020
O‘zbekistonlik olima Gulsara Shermatova ijtimoiy tarmoqda qoldirgan 28 yanvar kungi postida «chet ellardagi yuqori malakali PhD unvoniga ega kadrlarning» ...
2 january 2017
Ijtimoiy tarmoqda qorqiz kiyimini kiygan erkakni haqoratlab so‘kib, kaltaklangani aks etgan video paydo bo‘ldi. Shu bugun feysbukga qo‘yilgan, qo‘l ...
28 september 2024
Vatanparvar yurtdoshimiz Aminboy Qodirov 27 sentyabr kuni Urganchning G‘oybu qishlog‘ida 81 yoshida olamdan o‘tdi. U hali SSSR bor paytda ...
21 march 2016
Xususan, gazetada e'lon qilingan “Axborot quroli qachon va nima maqsadda qo‘llaniladi?” sarlavhali maqolada “endilikda jamiki ziddiyatlar axborot quroli yordamida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...