Ko‘zqarash
9 march 2020

Xorazm tarafdan esdi shamollar…

1965 yilning 8 marti. “Xorazm haqiqati” gazetasining birinchi varag‘ida oq xalat kiygan vrach aëlning yangi tug‘ilgan chaqaloqni osmonga ko‘tarib turgan tasviri birinchi sahifada chop qilindi.

Tasvirdagi bola mening ukam Qudrat Bobojon edi.

Qudrat tug‘iliboq matbuot bilan yuzlashdi.

O‘sha paytda otam va onam Xorazm telestudiyasida ishlar edi. Qudrat ulkan TV studiyaning dahlizlarida o‘ynab katta bo‘ldi.

Uyda marhum filolog ammamdan qolgan kattagina kutubxona bor edi.

Shekspir, Balzak, Mopassan, Tolstoy va Dostaevskiy asarlarini oldin men, keyin esa ukam Qudrat “o‘qib tushirar” edi.

Boshqa bolalar langi¸ chillik¸ ho‘qqa va karta o‘ynasa, Qudrat bilan men boshqacha o‘yinlarni o‘ynar edik.

Shahar hovlimiz to‘rida o‘n mingcha pishiq g‘isht taxlanib turar edi.

Biz bu g‘ishtlarni qayta taxlab, qo‘rg‘on holiga keltirdik.

Bu qo‘rg‘onning ichini “Quësh bolalar respublikasi”¸ “QBR” deya e'lon qildik. Bu respublikaning ilk prezidenti ham QBR, ya'ni Qudrat Bobojon Rajabo‘g‘li edi.

Bu mamlakatning o‘z alifbosi¸ o‘z bayrog‘i va mustaqil telefon aloqa tizimi bor edi.

Bu utopist Tommazo Kampaneellaning “Quësh shahri va Forobiyning “Fozillar shahri” kitobini mutoala qilgan va kinochi Gennadiy Poloka tarafidan 1966 yil suratga olingan “Respúblika ShKID” ni tomosha qilgan ikki bola o‘ylab topgan siësiy o‘yin edi.

Masalan, shu kunlarda Soros jamg‘armasi mana shunday siësiy o‘yinlarni bolalar uchun tashkil qilib turadi.

Keyinchalik mashg‘ulotlarimiz ikki turga ayrildi. Men rasm chizishga berildim, Qudrat esa she'r ëzishga.

Qudratning ilk “she'r”i urush haqida edi:

«Karavotlar taxtadan.
Daraxtlar sinib ëtgan
Urush boshlandi birdan…»

Keyinroq Qudrat she'riyat bilan jiddiy shug‘ullana boshladi. ToshDU jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi.

Bu orada Qudrat armiyaga ketdi.

Bugun ukam Qudratning 1983 yil ëzgan she'rlari ëdimga tusha boshladi.

Qudrat bu she'rlarni Sovet armiyasi okoplarida maxorka qog‘ozga ëzgan edi.

Armiyaga uni ko‘rishga borganimda mendan berib yuborgan. Men bu qog‘ozlarni Rauf Parfiga ko‘rsatdim. Ustoz o‘z qo‘llari bilan oq yo‘l ëzib, «Sharq yulduzi» jurnalida bosilib chiqishiga ërdam bergan edi.

Mana o‘sha oddiy askar Qudrat Bobojonovning okopdagi she'rlari:

Ochko‘z mening ko‘zlarim juda.
Ko‘zlaringdan och qoldi ular.
Ular endi behuda kular.
Ular endi yig‘lar behuda.
Ishim bordir o‘sha ohuda.

Yana yig‘ladingmi dardkashim shabnam.
Shu qisqa umringda qaydan g‘am.
Sening umring kabi she'rim ham.
Shabnam she'rim ko‘zlaringni art.

Bugun mening irodam yangilaydi sovutin.
Ortmoq uchun yelkaga muhabbatning tobutin.
Bormoq uchun to qabrgacha betinim
Bugun mening irodam yangilaydi sovutin.

She'rlarimdan voz kechdim bugun
Ko‘kka o‘rlab qog‘ozlar ëndi.
Baxt-ku axir she'rga o‘t qo‘yib
Sokingina sevishmoq endi.

Xorazm tarafdan esdi shamollar
Yelkanlar yelkamga qo‘ydilar qo‘lin.
Xorazm tarafga ketdi betizgin,
Mening sog‘inchlarim bir kema bo‘lib.

Shuhrat Bobojon

«Ozodlik» radiosi jurnalisti

Tag‘in o‘qing
1 november 2025
Prezident Shavkat Mirziyoevning Bryusselga rasmiy tashrifi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi (YeI) munosabatlarida yangi, strategik bosqichni belgilab bergan muhim voqea ...
16 december 2016
Xalq shoirlariyu, qo‘shiqchilaridan tortib masjid imomigacha yangi yurtboshiga madhiyalar o‘qirkan, Shavkat Mirziyoev hokimiyat supasiga faqat o‘z odamlarini yaqinlashtirmoqda. Bu ...
10 november 2025
O‘zbekistonda OIV va OITSga chalinganlar soni keskin ko‘payib, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra ular har yili 3000 taga ortmoqda. Hozirda kasallanganlar ...
6 april 2017
Shu yilning boshida jahon ekranlariga chiqqan «Mashxurlikka yo‘l» (Sing) filmi katta va kichik yoshdagi tomoshabinlarning nazariga tushdi. Filmda, katta ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...