Asosiy mavzular
27 april 2020

Men qaysi mamlakatdaman. Ko‘chamning nomi nima?

Tarix takror sahnalardir. XVIII-XIX asrda Rossiya zodagon va bashanglari asosan frantsuz tilida gaplashishgan.

Pushkinning tili frantsuzcha chiqqan va besh ëshida rus tilini enasidan o‘rgangan.

Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” romani personajlari asosan frantsuzcha tillashadi.

Chunki frantsuz tilida yagona tartibu nizom va nazokat bor edi.

U paytda har xil sheva va jargonlardan iborat rus tili yagona tizimga ega emas edi. Masalan, kimdir “xitriy” degan so‘zni «aqlli» degan ijobiy ma'noda tushunsa, kim uchundir bu «shum» degan salbiy ma'noda edi.

Kimgadir “cherstviy” degan so‘z qotib qolgan nonni anglatsa, kim uchundir bu kalima endi ëpilgan yumshoq non ta'rifi edi.

Frantsuz tili Rossiyadagi ilk aniq ifoda vositasi bo‘ldi.  Frantsuz tili oshiqlari gallomanlar, deya ataldi.

Gogol ëzgan “Uylanish” spektakli qahramoni tipik galloman o‘z xotini frantsuz tilini bilishini chandon istaydi.

Sevgi bo‘lgan joyda, albatta, nafrat ham paydo bo‘ladi. Bu yasham  qonuni.

Rossiyadagi tili frantsuzchaga kelishmaganlar bu tildan nafratlana boshladi. Ularni gallofoblar, deb atashdi.

Gallofoblar orasida xalq maorifi vaziri Aleksandr Shishkov ham bor edi. U rus tilining moshkichiriga aylanganidan eng ko‘p dodlagan amaldor sifatida tarixda qoldi.

Ammo kiborlar frantsuz tilida gapirishda davom etishdi.

Ular faqat o‘z malayining onasini so‘kkanidagina  rus tilidan foydalanishdi.

Aleksandr Pushkinning go‘zal xonimlarga ëzgan maktublarining 90 foizi frantsuz tilida edi.

1812 yilda Napoleon Rossiyaga urush boshlagani ortidan gallofoblarning kuni tug‘di.

Oddiy rus mujigi frantsuzcha gapirgan rus zobitining bo‘ynini bolta bilan uzgani haqida Piter gazetalari dahshat bilan ëzdi.

Bugun Rossiyada gallomaniya o‘rnini rus shovinizmi  va putinizm to‘la egalladi.

Lekin qatiq to‘kilsa, yuqi qoladi. «Afisha», «pressa», «sharm», «kavaler», “shifoner” kabi so‘zlar o‘sha frantsuz qatig‘ining yuqidir.

Bu kalimalar o‘zbekchaga ham o‘tgan.

Darvoqe, o‘zbek tilidagi «vergul» so‘zi ham frantsuzcha. Bu so‘zni usmonli adabiëti o‘qigan jadidlar tilimizga kiritishgan.

Umrimda birinchi marta Frantsiyaga borganimda men o‘zimni ilk marotaba chet ellik sifatida noqulay his qildim. Men bilgan chala- chulpa ingliz tili va sal yaxshi biladiganim olmoncha yo‘lda yurishim uchun tayanadigan hassa bo‘lmay qolgan edi.

Frantsuzcha gapir, deyishdi menga. Borgan paytimda ba'zi xonadonlarda ichki kommutatsiyali telefon tizimi bor edi.

Ya'ni siz telefon qilsangiz, bir xotin ko‘taradi. U xotinga frantsuz tilida to‘rtta raqam aytish kerak bo‘ldi.

Rassom do‘stim yashagan Parijdagi kvartiraning to‘rtta raqamini she'r kabi ëdlab olgandim:

«Du du katrin turuva».

O‘sha davrda qulog‘imga singgan qo‘shiqni hushtak chalib xirgoyi qilaman.

Man nima qildim? Nimani gapirdim? Qaysi mamlakatdaman? Boshimga qo‘ngan  qor rangi qanday? Odam qarib-churish uchun tug‘iladimi? O, mening yo‘qolgan bolaligim. Ko‘chamning nomi ne atalgandi?

Qu’ai-je fait? Qu’ai-je dit?

Qui suis-je en ce pays?

Quelle neige est déjà tombée dans mes cheveux?

Les hommes ne sont-ils nés que pour devenir vieux?

O mon enfance disparue

Quel était le nom de ma rue?

Rassom TUZ

Tag‘in o‘qing
8 july 2016
Toshkentdagi Nizomiy nomidagi peduniversitetning 1940-yillarda mashhur arxitektor Ye.Jmuyda loyihasi asosida qurilgan binosini ta'mirlash bahonasida vayron qiliniyotgani ijtimoiy tarmoqda baxslarga ...
19 february 2019
Bu gap poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi rus tilli aholining Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev bilan 18 fevral kungi uchrashuvi paytida ...
13 august 2018
Butun Tojikiston bo‘ylab militsiya yuz minglab soqollilarni ushlagan. Tojikiston janubidagi Xatlon viloyatida o‘tgan yili qariyb 13 ming nafar erkak ...
29 april 2017
O‘zining ikki sahifasini to‘liq tez yordam xizmati faoliyatiga bag‘ishlagan “Oila va jamiyat” gazetasi (26.04) tibbiyot tizimidagi jiddiy bir muammoni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...