Asosiy mavzular
21 november 2021

Feruzalarga doimo qiyin bo‘lgan

Siësatchi bo‘lish¸ siësatga kirish bugungi O‘zbekistonda boshni kundaga qo‘yish bilan barobar. Bu haqda Jahongirga ëzuvdim sal oldin. «Senga gul otgan olomon siësatga kirganingdan keyin tosh otadi. Tirnog‘ing ostidan kir qidiradi» va ularda bu haq bor. Chunki siësatga kirgan odam saylovchiga bu huquqni beradi. Chidaganga chiqargan. Urushda turish yo‘q.

Endi bugungi o‘zbek jamiyatida aël boshing bilan siësatga kirish o‘n marta og‘ir. Chunki omma nazarida xotinning o‘rni o‘choqni ënida. Qo‘li kosov, sochi supurgi bo‘lib uyda ko‘milib o‘tirishi kerak. Shu ma'noda o‘rtachirchiqlik deputat Feruza Babasheva zimmasidagi yuk o‘ta og‘ir. Uning ahvoli tegirmon bilan kurashgan Don Kixot ahvolidan og‘ir.

Don Kixotning ënida Sancho bor edi har holda. Hozir Feruza bilan gaplashib, dardini tingladim. «Bir narsani bilmasangiz, yozmang! Boshqalar ham ëzmasin, tanasi boshqa dard bilmas», dedi Feruza:

«Mening boshimdan nimalar o‘tganini siz qaerdan bilasiz? Buni sizning qizingiz, farzandsiz har kuni uyingizga yig‘lab kelsa bilasiz, 100 martalab o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lsa bilasiz. Yomon yo‘lga yurmay, birovga 2, 3, 4, 5-xotin bo‘lmay, deb farzand olib boqsa bilasiz. Erining xiyonatidan keyin ajrashib, 11 yil yolg‘iz yashasa bilasiz. Allohdan tilab olgan bolasini ko‘ngli, qadri uchun oilam bor, deb yursa bilasiz. Umrini, hayotini, o‘zini nima bilandir ovutib, Vatan uchun, xalq uchun beminnat ishlab yursa bilasiz. O‘zida yashash uchun kuch topib yursa bilasiz. Noshud, pastkashlar qo‘lida xo‘rlansa, xor bo‘lsa bilasiz…

Ayting-chi, meni muhokama qilish sizgami shunda? Mening indamaganim zaifligim emas!»

Suhbat davomida Feruza uning boshiga tushgan ko‘rgulik hech bir xotin-qiz boshiga tushmasligini tiladi.

Joriy yilning 7 avgustida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir videoda Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birining balkonida jinsiy aloqa qilayotgan juftlik aks etgan. Unga berilgan izohda videodagi ayol jurnalist Feruza Najmiddinova deya taqdim qilingan va bu isbotini topmagan edi.

1964 yili Latif Fayziev «Ulug‘bek yulduzi» degan filmni suratga oldi. Maqsud Shayxzoda asari asosida olingan bu filmda sultonning Feruza ismli xotini maxalliy xalq g‘iybati markazida qoladi. Feruzalarga doimo qiyin bo‘lgan.

Rassom Tuz.

Tag‘in o‘qing
24 september 2018
Sovet davrida bolalarni maktab partasidan paxta dalasiga quvish odatiy hol sanalardi. Qayta qurish yillarida sal susaygan bu an'ana O‘zbekiston ...
27 september 2017
Axmadjon Odilov 27 sentyabr kuni ertalab, soat 5.30 da 92 yoshida olamdan o‘tdi. Janozasi G‘urumsaroyda soat 4 da bo‘lishi ...
22 may 2018
Prezident Mirziyoevning Andijonga safari shaharni begona ko‘zlardan to‘sish, oshiqcha ehtiyot choralari va mulozimlarning odatiy laganbardorliklari bilan o‘tdi. Prezident o‘tadigan ...
5 december 2025
Farg‘ona vilyati, Dang‘ara tumanidagi 18 maktab basseyni buzilib, shu hovuz va hatto yugurush yo‘lakchasi ham bir tadbirkorga issiqxona qurish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...