Ko‘zqarash
5 april 2022

O‘qituvchilar: «Maktabimizga bir kelib keting, muhtaram prezident!”

Qashqadaryo viloyat, Qarshi tumanidagi 12-son maktab o‘qituvchilari Eltuzga yo‘llagan maktublari orqali o‘z direktorlari ustidan prezident Shavkat Mirziyoevga shikoyat qilishmoqda. Ular maktublarida prezidentning kelishini yo‘llar asfalt qilinib, uylarning ko‘chaga qaragan devorlari oqlanayotganidan sezishganini yozishgan. Shu maktub orqali Prezident Mirziyoevdan maktabdagi ahvolni kelib ko‘rishini so‘rashgan. Eltuz maktubni to‘liq (ayrim jiddiy imlo xatolarinigina to‘g‘irlagan holda) e'tiboringizga havola qiladi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman XTBga qarashli 12-son maktab direktori Haqberdieva Sayyora yetti yildan buyon raxbar lavozimida ishlab kelmoqda. Yangi raxbar bo‘lib kelgan vaqtida savodsiz, saviyasiz bo‘lishiga qaramasdan yumshoq fe'lli opa edi. Hozirgi kunga kelib opa ta'lim soxasini shaxsiy biznesga aylantirib olgan. 12-son maktab Sayyora Haqberdievaning daromad biznesi. Vazirlar mahkamasining 275-sonli qarori to‘g‘ri taqsimlanmaganligi 7-yillik faoliyatida o‘z isbotini topib turibdi. Hurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovichning, “o‘qituvchini hurmat qilmaganni, men ham hurmat qilmayman” degan jumlalari rahbarimiz S. Haqberdievaga yetib kelmagan ko‘rinadi, o‘zi o‘qituvchi bo‘lsa ham.

Maktabda ta'rifikatsiya to‘g‘ri taqsimlanmagan. Qonunga zid ravishdagi hatti-harakatlari haqida shikoyat yozib, tegishli tashkilotlarga murojaat qilsakda hanuz natija yo‘q. Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov viloyat hokimi bo‘lib tayinlanganda u kishini prokuratura soxasidan kelganligini eshitgandik, ko‘p utmay, Qarshi tuman hokimi Bekzod Yusupovlar ham prokuratura sohasidan kelganligini eshitib yanada kuvongandik. Qarshi tuman 12 ,38-sonli maktablardagi noqonuniy faoliyatlarga endi chek qo‘yiladi deya umid qilgandik, endi esa, “chuchvarani hom sanaganimizni” tushunib yetdik.

38-maktab hisobchisi Haqberdieva Tunug‘, 12-maktab direktori S. Haqberdievalarga davlat byudjetini talon-taroj qilishga hech qanday to‘siq yo‘qligini tushunib yetdik. Hurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovich tez orada Qashqadaryo viloyatiga tashrifingiz kutilayotganligini,  ko‘cha-kuyda obodonlashtirish, yo‘l chiziqlarining chizilishi, qisqa-qisqa yo‘llar asfalt bo‘layotganligi, mahallalarda katta yo‘l yoqasidagi uylarning ko‘cha qismlari oqlanayotganligidan sezmoqdamiz.

Tashkilotlarda fuqarolar bilan ishlash emas, faqat rasmiy hujjatlar asosida faoliyat olib borilib, joylarda rahbarlarni Prezident tashrifi arafasida tashkiliy ishlar bilan ko‘chada yurganligining guvohi bo‘ldik. Demak, prezidentimiz kelar ekanlar.

Siz kelib qo‘nadigan uchoqdan 12 kilometr narida Qarshi tumanidagi bizning 12-sonli maktabimiz joylashgan. Vaqt topib bizning maktabimizga ham bir nazar solsangiz, o‘qituvchilarimiz direktorimizning xiylayu-nayranglari, irim-sirim, sehru-jodu amallaridan aziyat chekmoqda. Sizning adolatli tashrifingizni 12 , 38-sonli maktab jamoasi kutib qoladi.

Hurmat bilan

Qarshi tumanidagi 12-son maktab o‘qituvchilari

Tag‘in o‘qing
24 july 2025
O‘zbekiston pedofiliya va jinsiy zo‘rovonlik, gender tengsizligi avj olgan davlatga aylangani kundan kunga ochiqroq namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekistondan so‘nggi xabarlar, ...
19 december 2025
«Dunyo shunday bir nuqtaga keldiki, endi hech kim chetda tura olmaydi. Lekin har bir davlat o‘z milliy manfaatlarini himoya ...
10 march 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.  Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik ...
2 february 2021
«Eltuz» shoir va muxolifatchi Muhammad Solihning yangi badiiy asari, falsafiy esse formatida yozilgan – «Imperativ» kitobining audioversiyasini taqdim qiladi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...