Ko‘zqarash
20 april 2023

Rassom Tuz vatanga qaytish huquqi haqida

Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi. 30 yil kechikkan bo‘lsa ham olqishga loyiq ish. 

Mana 30 yildan oshdiki, ziëlilar ritorikasida «Cho‘lpon¸ Fitrat va Qodiriylar zulm ko‘rdi¸ ezildi va mustaqillik sharofati bilan oqlandi» degan gap qayta qayta takrorlanadi. 

Shuni aytish kerakki, bu uch ziëli Stalin repressiyasi qurboni o‘laroq Stalin o‘lganiden keyin Sovet sudi tarafidan rasman oqlangan edi. Ammo Sovet davridagi o‘zbek «ziëlilari» bu rasman oqlangan buyuklardan hurkib to O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan to‘qsonlargacha jim o‘tirishdi. 

Sassizlik, qo‘rqoqlik va andisha mikroblari o‘zbek ziëlilarining hujayralariga abadiy yerlashib, qadrdon bo‘lib ketgan debam o‘ylab qolaman. 

Hozir aytmoqchi bo‘lgan gapimning esa aniq va kamida uchta adresati bor: 

Usmon Azim, Murod Muhammad Do‘st va Xurshid Davron!

Muhtaram og‘alar, sizdan tilagimiz va tama'miz bor.

Marhamat qilib sizlar bilan bir safda bo‘lgan va, yana ham to‘g‘rirog‘i, o‘tkan asrning sakson va to‘qsonlarida sizlar mansub bo‘lgan adabiy to‘lqin lideri bo‘lgan shoir, jadid tafakkurli siësatchi Muhammad Solihni vatanga qaytishi va shu vatanda uning kitoblari chiqishini ëqlab bir og‘iz gap ayting.

Mana men bu gapni aytdim. Hech bo‘lmaganda shu taklif to‘g‘ri deya qo‘llab quvvatlang.

Birgina jumla ayting. Do‘st uchun¸ millatdoshimiz uchun. Bugun va kelajak uchun!

Muhammad Solih, faqatgina jur'at topib, o‘z davrida Islom Karimovga muxolif bo‘lgani va prezidentlikka nomzodligini ko‘rsatgani uchungina mamlakatdan surgun qilindi. Sirtdan sud hukmi chiqarildi. Ukalari qamaldi. Qodiriy¸ Fitratu Cho‘lponlar kitoblari 1937 yilda qanday taqiqlangan bo‘lsa Muhammad Solih kitoblari Karimov davrida shunday qatag‘on qilindi. 

Muhammad Solihning adabiëtdagi safdoshlaridan faqat Rauf Parfigina hukmdor va siësiy konyunkturadan qo‘rqmay o‘z do‘sti himoyasiga so‘z ayta oldi. 

Ahmad A'zam¸ Halima Xudoyberdieva¸ Erkin Vohidov kabi Muhammad Solihni yaqindan tanigan va uning ulkan adabiët darg‘asi ekanligini ichdan his qilgan do‘stlarimiz bir og‘iz gap ayta olmay bu dunëdan sassiz o‘tib ketishdi. 

Bugungi O‘zbekistonga «Yangi» degan ërliq qo‘yildi. «Yangi» so‘zi va «jadid» kalimasi sinonim, ya'ni bir xil so‘zdir («Yangi» turkcha «jadid» arabcha) 

Jadidlik g‘oyalari bugungi O‘zbekistonda qadr topaëtgani tahsinga loyiq.

Karimov va Muhammad Solih ziddiyati – bu eski O‘zbekistonning salbiy merosi. 

Karimov o‘ldi va allaqachon uning mamlakat taraqqiëtini orqaga tortaëtgan ziddiyatli merosidan voz kechish payti keldi.

Buni qanday tez qilsak shuncha yaxshi. 

O‘zbek adabiëtining ulug‘ namoyandasi Muhammad Solih o‘zi sevgan mamlakati O‘zbekistonga kelib, ota-bobolari qabrini ziërat qilsin¸ muxlislari va qarindoshlari bilan uchrashsin. Kitoblari chiqsin. 

Shu zaminda tug‘ilgan¸ shu yurtni ulug‘lab uning erki va mustaqilligi uchun umrini bag‘ishlagan shoirning shu vatanga, hech bo‘lmasa, mehmon kabi kelib ketish xohishi o‘ta tabiiy va haqli istakdir.

Yangi davr ruxi va mantig‘iga yarashadigan ish bu.

O‘z vaqtida shoir Mirzo Kenjabek ëzganidek: «Muhammad Solihning sokin sarbasti urushning qo‘shig‘i emasdir!» 

(Rasmda Muhammad Solih Chexiya prezidenti¸ dramaturg Vatslav Havel bilan. Ikkinchi rasmda Usmon Azim¸ Shavkat Rahmon va Xurshid Davronlar bilan birga)

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
17 december 2015
Bugun mashhur rossiyalik honanda va bastakor, Afsonaviy «Akvarium» guruxi solisti Boris Grebenshikov Muhammad Bekjon ozodligiga bag‘ishlangan http://marafon-pisem.org/2015/index.html#uz xeshtegi ostidagi ...
12 january 2026
O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markazqo‘mining sobiq birinchi kotibi, SSSR Oliy Coveti Millatlar kengashi sobiq raisi taniqli o‘zbek-sovet siësiy arbobi, diplomat, ...
3 february 2016
2 fevral kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida davom etgan «Fermer Aramais ishi»ning maxkama jarayonida davom etdi. Prokuror Sh. Turdibekov, ...
7 january 2017
Ijtimoiy tarmoqda yangi yil kuni qorqiz kiyimini kiygan bola va uning sherigi kechirim so‘radi Bundan ilgari yangi yil kuni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...