Dayjest
12 september 2023

Rassom Tuz: Baxt uchun million

(Bir to‘y haqida o‘y)

Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni Munisa Rizaevaning o‘zi o‘n yildan ko‘p vaqt xalqning to‘yu tomoshasida qo‘shiq aytib topdi.

Kuëv ham alfons emas. Kriptovalyuta tujjori. Xarajatdan qochadigan qurumsoq qori ishkamba emas. Oshing halol bo‘lsa ko‘chada ich. Osh bo‘lsin.

Bir nospurush to‘y qiganda aytgan ekan: “o‘zingizni pulingiz¸ o‘zingizni kulingiz,” deb

“Shu pulni Afrikadagi ochlarga ber” demayman. Birovni puliga xo‘jayinchilik qilish, birovni cho‘ntagidagini sanash – xunuk va yaramas odat.

Men jadid o‘gitiga amal qilib, to‘ylarni keraksiz, deb kelaman. Ammo har qoidaning istisnosi bor.

To‘y muhtasham va mukammal bo‘ldi. Dabdabali, ammo bachkana va kitch emas. Qimmat! Chunki yaxshi narsa qimmat bo‘ladi.
Shu narsaning narxi shuncha!!

Agar to‘yni janr deb olsak Munisaning to‘yi shu janrda yaratilgan shoh asar bo‘ldi.
Hind kinolari uslubida “xina ëqish” (“qiz yig‘ini”) o‘tkazildi.
Asosiy to‘y esa Oskar mukofoti beriladigan marosim bilan shoh davridagi Eronning nikoh to‘ylarida bo‘lan dabdaba va as'asaning uyg‘unlashgan varianti bo‘ldi.

To‘ylarda kelin salom aytaverib og‘zi qavarganlar Munisaning to‘yida master klass ko‘rsatdi.

Farrux Zokirov aytgan “chinnuri” cherkov tomidagi qo‘ng‘iroq sasi kabi to‘y aktsentini belgiladi.

Munojot Yo‘lchieva va Shabnamiy Surayë xonishlari manzarani yakunladi.

Eng muhimi to‘yda erkinlikning samimiy ruhi qadriyatlarga uyg‘un tarzda ko‘rindi.

Zolushka ertagidagi omadli qiz kabi sahnadan “o‘sib chiqqan” kelin Munisani otasi qo‘lidan yetaklab “egasiga topshirdi”.
Bu – noëb sahna. Chunki aksar to‘ylarda otaning o‘rni ko‘rinmaydi. “Ona” ortiqcha chuchmal ulug‘lanadi.
To‘y davomida Munisa uch marta kelin kuynagini almashtirdi.

Har bir kuynak libos dizayni bo‘yicha rassomning takrorlanmas asari.

Tort kattagina edi, ammo ortiqcha jimjimador emas.
To‘ydagi sharoblar yil oshgan, yemaklarda xolestrin oz bo‘ldi.

To‘y finalida kelinning “gul uloqtirish” sahnasi ham mukammal.

Gulni ilib olgan qizning baxti ochilishiga inondim.
Umuman, puli ko‘plar mukammal to‘y qilmoqchi bo‘lsa, Munisaning to‘yidagi rituallardan etalon o‘laroq foydalansa bo‘ladi.

Kuëv bo‘lmish boshlari oftob Arslonboy oqo‘ris bo‘lsa ham oëqlariga sharafli Ukrainaning muzaffar timsolini tatu o‘laroq igna bilan o‘ydirgan.

Munisa ham, boshqa million million o‘zbek qizlari kabi, to‘yi bo‘lishini istagan edi va bu istakka erishdi.

O‘zi tirishib-tarmashib, kuyib, o‘lib, tirilib, turklar aytmoqchi, bu baxtni “haq etdi”.

Heyterlar haqida

Bir paytlar bozordagi hojaka zoti bo‘lsa Munisani “chig‘ib ketgan” videosini oldin shahvat bilan ko‘rib keyin la'natlagan edi.

“Videosi chig‘ib ketgan” Munisa bir ma'noda jamiyat tarafidan sazoyi ur kaltak qilingandi.
Hatto anjanlik transvistit ham Munisaga tosh otib sazoyiga qo‘shiluvdi.

Temirchilar yaxshi biladi. Sifatli metall o‘tga kirib keyin suvga solinsa, toblanib po‘latga aylandi.
Sifatsiz metall esa ë o‘tda ënib kul bo‘ladi ë suvga solinganda kukunga aylanib ketadi.

Munisa konservativ qadimchilar, avrat qorovullariyu ampatrullar jamiyatida tirik qoldi.

Kechagi to‘y shu tiriklikka alërdir.

Birovnnig yaxshi kunini ko‘ra olmay “yaqinda ajrashadi, mana ko‘rasizlar” degan gaplar ëki “eri kal, o‘zi qari” degan fisqu fasod mavjudligiga ham normal qarayman.

Kap kata erkaklar: “pardasi teshilgan, qon chig‘madi” deb, o‘tirgani jirkanch ko‘rindi.

Sen barmog‘ingni tiqib ko‘rganmiding.

O‘zi shu uchburchak narsadan boshqa gapga ham aqling yetadimi?

Hasad, ko‘rolmaslik doim bo‘lgan va yana bo‘ladi.

Chekka qishloqning eng chekkasidagi qiz kelin bo‘lsa, uning dugonalari, hasaddan o‘t ichidagi soch tolasi kabi, jizg‘anak bo‘ladi.
Nega shu “g‘ar” erga tegdiyu men quruq qoldim deb tizzasini uradi.

Kinnachi, sehrchi, polvinu po‘rxonga borib kuëvni “sovutish” uchun energiya pul pora sarflaydi.

Nafrat moddiylashsa dahshatli ko‘rinish oladi.

Xorazmda kuëvning uyda o‘tirib qolgan singlisi kennayisining kelin kuylagi va boshqa “hay hay” liboslarini qaychi bilan g‘archillatib qiyib, maydalab tashagandi.

Bitta boldiz esa kennayisiga kaltakesakdan go‘mma qilib bergan. “Pes ochib ketsayu, akam uni haydab solsa” deb.

Tag‘in o‘qing
15 december 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosini qishloq xo‘jaligidagi ko‘zbo‘yamachilik, ...
3 december 2020
Namanganning yangi hokimi Shavkat Abdurazzaqov MIB xodimlari tomonidan uyidan chiqarilishiga norozilik sifatida o‘zini yoqib halok bo‘lgan Gulandom Dadaboevaning onasi ...
10 august 2025
Bolgariyaning Sozopol shahrida do‘stlari bilan cho‘milishga borgan 22 yoshli o‘zbek talaba suvda cho‘kib o‘ldi. Yigitning tanasi bahaybat qoyatoshlar orasiga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...