O‘zbekiston necha ëshda?
Raxmatlik otamdan «necha ëshdasiz» deb so‘rasam » haqqiysizmi ëki dokumentda ëzilganimi» deb javob berardi. Otam tug‘ilganidan 17 yil o‘tib pasport olganida tug‘ilgani kunini tusmoldan ëzib qo‘ya qolishgan….
Ildizlari asrlar qa'riga borib, taqalaldigan Turkistonning bolsheviklar tomonidan parchalanishi bir fojia bo‘lgan bo‘lsa, bu parchadagi elatlarning Stalin chizgan chiziqdan hozir ham chiqmay, Kreml ta'sirida qolishi ikkinchi fojiaday ko‘rinadi.
Mustaqillik ham bir pasda ashincha ëshga kirib qopti.
Bundan 33 yil avval Urganch markazidagi kinoteatr devoriga «Yashasin O‘zbekiston mustaqilligining bir yilligi», degan latta shiorni ilib qo‘yishuvdi. Kinoteatrning peshtoqida qabariq granit xarflar bilan «O‘zbekiston 25 yilligi nomidagi kinoteatr», deb ëzilgan edi.
Xo‘sh, O‘zbekiston necha ëshda degan savol javobini o‘shanda izlagan edim.
Gap shundaki «O‘zbekiston Respublikasi», degan kalimai muborak 1924 yil 27 oktyabrda Kremlda muomalaga kiritilgan edi.
O‘sha paytda Komfirqaning millatlar kengashi rahbari bo‘lgan Iosif Vissarionovich Jugashvili (tahallusi Stalin) va Mixail Kalinin (partiyaviy laqabi echkisoqol) karta ustiga engashib, tarixan Turkiston, deb atalgan hududdan ikki jumhuriyat Turkmaniston va O‘zbekistonni yasashdi.
O‘zbekiston SSR tarkibiga Buxoro SSR, qo‘ynida Tojik ASSR bilan birga kirdi. Xorazm SSRni esa Stalin buva uchga bo‘ldi. Huddi ertakdagi bobo-meros bo‘lgani kabi bir hissasini O‘zbekiston SSRga berdi. Bir hissasidan Turkmaniston yasaldi yana bir hissasidan Qoraqalpog‘iston ASSR yasalib, O‘zbekiston SSRning qo‘yniga olmaday solib qo‘yildi.
Bugun biz ishqida kuyib ëngan «O‘zbekiston» ayni nomda va ayni hududda 1924 yil 27 oktyabrda tuzilgan edi.
Balki o‘sha kun biz uchun eng aziz, eng ulug‘ sana emasmi, degan shakkok fikr miyamda huddi kometa yanglig‘ yilt etib uchib o‘tdi.
Istiqlol kalimasi
O‘tgan asrning saksoninchi yillarida Qobiljon Odilov degan Moskvada o‘qiydigan rassom do‘stimiz Major qizga uylanib, Majoristonga hijrat qildi. Majoristondan Olmoniyaga o‘tib, Myunxen shahridagi muhojir o‘zbeklardan Turkiston mustaqilligi degan g‘oyani yuqtirdi.
Xorazmga rafiqasi bilan ziëratga kelgan Qobiljon gizli bir tarzda o‘zi bilan Turkiston bayrog‘ini va «Hur Turkiston uchun istiqlol gazeti», degan nashrning bir ikki sonini olib keldi.
Temir parda ostida dimiqqan rassom do‘stlarim uchun «istiqlol» kalimasi ajabtavur ohangraboday ko‘rindi.
O‘sha paytda «O‘sarfilm», degan xususiy kinstudiya ochilgan bo‘lib, ukam Qudrat bu kinostudiya uchun reklama e'lonlarini ëzib «Ësh Leninchi» gazetasida e'lon qildirar edi. Xozir bu kasbni PR menedjer deyishadi. Xullas «Istqilol», degan kalima «O‘sarfilm» reklamasi ichiga tiqilib nashr qilinadigan bo‘ldi.
Ammo zukko muharirlar istiqlol kalimasini istiqbol qilib o‘zgartirishdi. Bu muharrirlar yaqin istiqbolda bu kalimani eng ko‘p qo‘llaydigan ëzg‘ichlarga aylanishini kim bilibdi deysiz.
Kutilgan mehmon
O‘zbekiston 31 avgust kuni mustaqil bo‘lar ekan, komfirqa esa, xalq demokratik partiyasiga aylantirilarmish, degan gapni 1991 yil 23 avgust kuni Toshkentdagi KITs binosida bir oëg‘i muxolifatda, bir oëg‘i hukumatda bo‘lgan Ziëmov, degan mulozimdan eshitdim.
Bu paytga kelib Boltiqbo‘yi va Ukraina mustaqillikni e'lon qilib bo‘lgan edi. Gosplanda ishlab, umrining yarmi Moskvaga hisobot berish bilan o‘tgan Karimov uchun Kreml nazoratidan qutulish milliy emas, shaxsiy masala ekanini ko‘pchilik tushungani uchun hursandlik ham shunga yarasha edi.
Eski uyni buzmaslik g‘oyasi
Millat zehniyatidagi muhofazakor his tuyg‘ular parvarishi uchun zarur bu shiorni Karimov mustaqillikning ilk besh yilida sobit ko‘tardi. Yangisini qurmasdan, eski uyni buzmaslik, degan g‘oya kommunist ildizga ega rahbarlar o‘zini ovutadigan chuchmal popuk qand edi.
Ammo bu shior ham matematikadagi bir narsani yozamizu boshqa narsani ëdda saqlaymiz, degan qoidaga mengzadi. O‘zbekiston o‘tmishini eslatuvchi ko‘p binolar yiqitildi, o‘tmishga guvoh chinorlar kesildi. O‘zbekistonga asos solgan Fayzulla Xo‘jaev¸ mamlakat birinchi prezidenti Yo‘ldosh Oxunboboev haykallari ko‘zdan pana qilindi.
Urganchdagi «O‘zbekiston 25 yilligi», degan keng ekranli kinoteatr ham yiqitildi.
Yiqishmasa bo‘larmidi?
Rassom Tuz sahifasidan
@uzrassomtuz
