Ko‘zqarash
6 october 2025

Nega butun dunyo davlat tilini talab qiladi, O‘zbekistonda esa bu “millatchilik” hisoblanadi?

Germaniya. Doimiy yashash uchun emas, vaqtincha ishlash uchun kelganlarga ham nemis tilini B2 darajada bilish majburiy. O‘rismi, o‘zbekmi, ukrainmi — farqi yo‘q. Qoida bitta: “Tilni o‘rgan — keyin ishla.” Hech kim “Nemislar millatchi, o‘z tilimizda gapirish huquqimizni buzyapti”, deb nolimaydi.

Polsha. Polyak tilini bilmasang, seni odam sifatida qabul ham qilishmaydi. Mamlakatda qolmoqchimisan? Iltimoh — polyak tili va tarixidan imtihon topshir. O‘ta olmadingmi? Demak, yo‘l yo‘q.

Rossiya. Gap oddiy gastarbayter haqida ketyapti. Unga ham rus tili va tarixini bilish shart qilib qo‘yilgan. Birortasi chiqib “ruslar millatchi” demaydi.

Dunyo bo‘ylab qonun — til orqali hurmatni talab qiladi.

Ammo…

O‘zbekistonda bir fuqaroga: “Siz bu yurtda doimiy yashaysiz, marhamat, davlat tilini o‘rganing”, desangiz — bir zumda “millatchi”, “fashist”, “boshqa millatlarga hurmatsiz”, degan tamg‘alar yog‘iladi. So‘ng butun “liberal” xonanda-blogerlar fitnada ishtirok etib chiqishadi.

Nega?

Nega o‘z yurtida davlat tilini himoya qilish — faqat O‘zbekistonda “millatchilik” hisoblanadi?

Bu ikkiyuzlamachilik, bu — tiliga, davlat ramzlariga, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatsizlikni himoya qilishdir.

Tag‘in o‘qing
13 january 2020
11 yanvar kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hibsda saqlanayotgan Gulnora Karimovaning Shveytsariyadagi uyidan topilgan san'at ashyolari haqida bayonot berdi. Prokuraturaning ...
6 june 2019
Shuncha marta aldanganiga qaramay, hali-hunuz birorta ko‘zbo‘yamachiga yolg‘oni uchun jiddiy jazo bergani ommaga aytilmagani O‘zbekiston prezidentining o‘zi aldanishga moyil ...
19 november 2019
«Toshkent savdo markazi»ga  (sobiq «Abu Saxiy» MChJ) qarashli bozordagi do‘konlari buzilishidan norozi bo‘lgan 700 dan ortiq fuqaro 16 noyabr ...
29 december 2020
Antik tarixiy manbalarda buyuk sarkarda Aleksandr Makedonskiy eramizdan oldingi 329-326 yillarda barpo ettirgani aytiladigan Kampirtepa yodgorligi janubi-g‘arbiy devorining o‘rta ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...