Anons
11 october 2025

Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmaydi

«El netib topgay menikim, men o‘zimni topmasam…»

Bu gaplarni ko‘pchilik uchun emas Yutubdan meni izlab topgan eng sadoqatli obunachilarim, yaqin do‘stlarim uchun yozayapman. Mening bugungi kayfiyatimni aks ettiruvchi Alisher Navoiyning yuqoridagi satrlari esa bir vaqtlar, to‘g‘rirog‘i 1988 yili o‘zbek oppozitsiyasining ilk nashri bo‘lgan «Birlik» uchun shior bo‘lgan edi. Nega buni esladim. Chunki men bugun tarmoqdagi akkauntim atrofida bir necha yildan beri tinimsiz davom etayotgan ta'qibu tazyiqlar oqibatida nafaqat elni – auditoriyamni, balki o‘zimni ham mutlaqo o‘zini yo‘qotib qo‘yganday his qildim. Yil boshida yutub kanaliga hujum qilingan (kiber-porno) hujumdan so‘ng 750 ming obunachidan ayrildim.

Keyin esa g‘oz turib, trollarning gurros qarg‘ishiyu malomati ostida yutubda boshlaganim keyingi kanalim ham 22 mingga yetishi bilan to‘xtatildi. Buning sababini Yutub «yangi kanal egasi o‘sha oldin huquqbuzarlikni qilgan shaxs ekani» bilan izohlagan. Meni badnom qilishni istaganlar uchun yana bayram boshlandi.

Ko‘pchilik meni yo‘qotib qo‘ydi, yana bir ko‘pchilik balodan nari deya sekin atrofimdan uzoqlashishdi. Huddi o‘sha mashhur rus nigilistlaridan biri, (adashmasam Pisarev yoki Belinskiy) Aytganidek: «Agar bizning xira bu shamimiz atrof jonibni yetarlicha yoritmayotgan bo‘lsa ortiqcha moy sarflamay uni o‘zimiz o‘chirganimiz ma'qul emasmi?»

So‘nngi holatlarda aytishim joiz hech bir akkauntimni o‘zim o‘chirmaganman. Bolalar pornosi degan narsaga esa ilk bor 2025 yilning fevralida ko‘zim tushdi… Koshki ko‘rmasaydim. Keyin esa bilishimcha bu erkin fikrni yo‘q qilishni istayotgan rejimning asosiy qurollaridan biri ekan. Oldin xakerlik yo‘li bilan akkaunt buziladi va u yerga o‘ttizdan ortiq Yutub qoidalarini buzuvchi kontentlar yuklanadi. Shu bilan tamom siz jinoyatchisiz va kanalingiz yopiladi.

Lekin men o‘zbekning «Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi!» degan maqoliga amal qilib indamay ketadigan emas edim. Ortimdagi yondirilgan qancha ko‘priklar, yo‘qotilgan xassayu qilingan xatolar bunga guvoh. Shuning uchun ancha ilgari ochilgan, biroq video qo‘yilmagani uchun hech kim obuna bo‘lmagan kanalimda sekin ish boshladim… Maqsad, endi mutlaqo teskari bir maqolga amal qilib chumchuqlar uchun tariq ekish. Keyingi satr kanalimga kirgan 67-nchi obunachi uchun bo‘ladi… Meni tushungandirsiz aziz o‘quvchim.

Qudrat Bobojon

Tag‘in o‘qing
12 february 2021
Minutlar, soatlar va kunlar o‘tib yana siz bilan muloqotdaman. Bugun 2021 yilning 12 fevrali. Bundan 140 yil avval Rossiya ...
7 august 2020
Uzoq ko‘rmagan va siz uchun aziz bo‘lgan yaqiningiz eshikni qoqmasdan ochib kirib, qarshingizdagi stulga kelib o‘tirdi. Siz unga qaraysiz, ...
31 august 2020
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishida Buxoro amirligining roli katta bo‘lganini hech kim inkor qila olmasa kerak. Uchta xonlikdan ...
26 september 2018
Toshkent markazidagi aholi ko‘chirib yuborilib qurilaëtgan «Toshkent siti»da go‘ëki taniqli bokschi Mayk Tayson uy sotib oldi, degan reklama roligi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...