Ko‘zqarash
5 november 2025

Rassom Tuz: Amerikada kampit o‘margan jodugar oposhlar

Okeannni oshib o‘tib Amerika Qo‘shma Shtatlariga keldim. 

Vashingtondagi pasportchi qiz «safardan maqsad?» deb so‘radi. Men bu qizga «Amerikani dunë kartasida ilk bor bovom Beruniy belgilagani va bu kartani arablar Andaluziyaga olib kelishgani va karta ko‘chirish bilan tirikchilik qiladigan Xristofor Kolumb bu karta orqali Amerikaga kelganini» aytib berdim. Bu qizgina hikoyamni zavq bilan eshitib: «Welcome to the homeland» deya tabassum bilan eshikni ochdi. 

Tramp Amerikasi mulozimlarining kelgindilarga nafrati haqidagi cho‘pchak bu qiz soyasida chippakkka chiqdi. 

Kelgan kunim jodugarlar bayramiga to‘g‘ri keldi. 

Saudiya shahzodaalri ham ko‘tiga quyruq taqib, shayton maskasini kiyib qutlagan Halloween AQShda oshig‘ich shanlik bilan qutlanganini ko‘rdim.

Har bir mahallaning qog‘oz gazetasida Halloween o‘tkazish joizligi uqtirilishi bilan tartib tuzuklari ham tushuntirildi.

Hovli oldidagi ajriqzorga stol qo‘yib ustiga shirinliklar qo‘yilishi va iloji bor qadar uy egasi Halloween uslubida mushuk ëki azroil kiyimini kiyib: «oling oling» deb turishi joiz.

Shu bilan birga «sroki o‘tkan» va «shubhali» shirinliklar berish taqiqlangani ham uqtirildi.

Shirinlik tarqatilgan ko‘chalarda o‘sha kuni polis va pojar moshinlari «aqqa baqqa » o‘tibam turishdi. Polis amakilar ham bolalarga shirinlik tarqatdi.

Shirinliklar bolalarga atalgan. Xirsday xotinu erkaklarning kampitga ëpirilishi odobsizlik sanaladi.

Bir ikki yo‘qsul mahallada yashaydigan qora tanli ota-enalarning moshinga minib, boy va o‘rtahol mahallalarga bachalarini oborib «kampit terdirganini» ko‘rdim. Lekin bu holatda ham bolalar borib, har uy oldidagi stoldan ikkita uchta kampit olishdi. Odobu mulozamat joyida.

Ayni paytda Amerikada Halloween bo‘lgan kuni tarmoqda «kampitga tashlanaëtgan katta katta juvon opalar» videosi tarqaldi. Bolalar bitta bitta olsin deya qo‘yilgan toboqni «o‘ptim » to‘rvasiga ontaraëtgan bu xolalar menga Tashkenta tekin paypoq uchun bir birini ko‘tini tishlagan oposhlarni eslatdi.

Halloween bayramidagi asl jodugarlar shu xotinlar edi.

Tag‘in o‘qing
15 may 2023
«O‘zbekiston ovozi» gazetasining 1992 yil 15 may sonidan lavha «Islom Karimov ‘Ozodlik’ radiosi va ‘Amerika ovozi’ vakillari bilan uchrashdi» ...
19 may 2016
«XXI asr» gazetasi O‘zbekiston prezidentining «o‘z vaqtida qabul qilingan» «Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish ...
2 april 2018
O‘zbekistonning iqtisodiy qon tomiri, oltin-valyuta zaxiralarini o‘zida saqlovchi Markaziy bankning yana bir yuqori mulozimi, 23 yil davomida sobiq rais ...
9 december 2021
Mahalliy mulozimlarning «qabr biznesiga» aylantirilgan Xo‘jaylidagi Xalifa Erajab masjidi va Mazdakxon maqbarasini vandallardan himoya qilishni O‘zbekiston sport va turizm ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...