Ko‘zqarash
22 november 2025

Diagnoz – fitna nazariyasi

O‘zbek ziëlilarining deyarli hammasini bir hatar ta'qib qiladi. Bu «Fitna nazariyasi»(conspiracy theory) va konspiroloogiya aljirashi.

Keyingi 40 yillik siësiy haëtimda uchragan deyarli barcha bu kasallikkka u ëki bu darajada chalingan. Bu kasallikka chalinganlar  voqelikni real siësat va mantiq bilan emas, balki  ular nazarida qudrat va sarvat egasi bo‘lgan  yashirin guruh harakati  degan taxmin lupasidan qarab fol bichishadi. 

Erk partiyasi Bosh kotibi va hurmatli olim Otanazar aka Oripov bilan 1990 yili ilk bora Urganchda uchrashganimda u menga SSSR fanlar akademiyasi ichiga singib ketkan massonlar ro‘yxatini berib «butun ayb shularda» degan. Men uchun bu «iddao» 35 yil oldin qanday absurd bo‘lsa bugun ham shunday absurd.

Real siësat haqida yetarli bilgisi bo‘lmaganlar problema ildizini «kinnachi va fitnachilar»dan qidiradi.

Bugun ko‘plar nazarida «aqlli» ko‘ringan Hamid Sodiqning grofaman spichlari ham shu  konspiroloogiya bilan yo‘g‘rilgan. 

U hizbchilar doim aytib kelgan postulat ya'ni dunë inson o‘ylab topgan demokratiya bilan boshqarilmay balki «nozil bo‘lgan kitob asosidagi shariat» asosida boshqarilishi degan gapni murakkab terminlarga o‘rab chirmab aytadi.

2010 yili Berlinda yig‘noq o‘tkazgan O‘zbekiston Xalq harakati so‘zchilari «Biz huquq davlati quramiz» deyishgan va bu qanday huquq ekanligini sir saqlashgan. Ammo o‘sha kuni demokratiya instrumenti bo‘lgan saylov yo‘li bilan tashkilot ustavidan «demokratiya» degan so‘zni oldirib tashlashgan. Bu mening ko‘z o‘ngimda bo‘ldi. 

Sonspiracy theory kasalligiga chalinganlarda miya shamollagandagi kabi paranoya ya'ni vos-vos vahimachilik kuzatiladi. 

Masalan men o‘z sahifamga zavolli Ukraina bayrog‘ini azbaraoiy ichim achiganidan, solidarlik nuqtaiy nazaridan ilib qo‘yibman va doim bosqinchi Rossiyani qoralayman.

Sonspiracy theory ko‘rmuridlari meni bu ishim uchun kimdandir (AQSh, Soros, YeI, LGBT va h.k.) dan pul olgan deb ëzg‘iradi.

Hatto o‘zbek muxolifatinining eng keksa va millatga himmati singgan vakili Dadaxon Hasan Ozodlik radiosidalar «maoshni dollarda oladi» deya she'r ëzib kesatib chiqqandi. 

Dollar bu AQSh pul birligi. AQShda hammol xam farrosh ham oylikni shu pul birligida oladi. Shular qatori radioda ishlaganlar ham.  Buni fitna ko‘rpasiga o‘rab demonlashtirish yarashiq ishmas. 

Keyingi 35 yil ichida  «amerikaparast» deb menga qarab  kalish va shippak otib kelishdi.

Bugun esa mana sizga yangilik. hurmatli Anvar Nazir «o‘risparastlik, Inoyatovdan pul olish va AQSh O‘zbekiston munosabatlari yaxshilanishiga va bu munosabatlar tepasida turgan prezident qizi Saidaga shak keltirishda aybladi. 

Tata tata tam… (Oka solla yaxshimi o‘zi, shabada urmadimi mabodo deb o‘z uslubimda ëzishdan o‘zimni tiyib turibman)

Anvar Nazir o‘z nazarida «sakral qudsol va teginib bo‘lmaydigan immunitet sohibasi» deb bilgan Saida Mirziëeva ismini samimiy va prezident kecha imzolagan xabar asosida zikr qilganim ortidan shunday ërliqqa noil bo‘ldim.

Shukr. Buniyam ko‘rdim. Sal insop qilsa bo‘lardi Anvar

Men shu sovuq kunda etigimni kiyib Mirziëevdan uch kun avval AQShga borib  u ketgandan  keyinam yana bir oy yurib AQSh va O‘zbekiston munosabatlarini eng pozitiv bir shaklda ëritdim.

Holbuki Trampchi emasman va bu kelishuvlar avra-astarini ag‘darib tanqid qilsa arzishini bilaman.

Lekin O‘zbekiston uchun o‘ris ayig‘i va xitoy ajdaridan ko‘ra AQSh bilan munosabat xayrli bo‘lganini bilganim uchun AQSh va O‘zbekiston munosabatlari yaxshilanishiga qayishib taraf tutib ëzdim.

Bu ishim uchun nega aynan Inoyatov ëki O‘zbekistonning  AQSh bilan munosabatlari yaxshi bo‘lishini «ko‘rolmagan» O‘rusiyat pul berishi kerakligini mantiq bilan tushuna olmadim. Bu toza Sonspiracy theory xolos.

Endi tepadagi raxbarlarni «savalash» masalasiga to‘xtalsam.

Ularni savalab turish joiz va savobli amal. 

O‘z vaqtida Nishonov va  Ra'no opa Abdullaevani tanqid qilganman va  asnoda ular bilan shaxsiy munosabatim ëmon bo‘lmagan. Rafiq aka bilan ham, Ra'no Habibovna bilan ham ularning umri so‘ngiga qadar telefonlashib xol ahvol so‘rab turganman. 

Keksa boshqaruv elitasi tanqidni to‘g‘ri qabul qilar edi. 

Tanqidga chidamsizlik Karimov davri mahsuli. Boshqaruvga tegib bo‘lmas «sakral» deb qarash ham o‘sha davr fazosida urchigan mog‘or.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
29 september 2025
Buxoro Davlat tibbiyot instituti 6-kurs talabalarining o‘qishini onlayn shaklga o‘tkazishni paysalga solmoqda. Bu kursda talabalar ishlab malakasini oshirishi kerak. ...
20 september 2015
“Hokimiyat tomonidan yerim noqonuniy tortib olib qo‘yildi” degan shikoyat bilan o‘tgan yili Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi ...
9 may 2019
Britaniyada yashayotgan mustaqil jurnalist Shohida Yoqub Birma (Myanma)dagi rohinja musulmonlariga qarshi zo‘rovonliklar haqidagi «Exiled» («Haydalganlar» yoki «Istalmaganlar») deya nomlangan ...
3 october 2017
3 oktyabr kuni, o‘n yildan ortiq hibsda saqlangan sobiq inson huquqlari faoli 38 yashar A'zam Farmonov qamoqdan ozod etildi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...