Ko‘zqarash
7 december 2025

Shahnoza Soatova: O‘zbek tili – barchamizni birlashtiruvchi nuqta

Umummilliy totuvlik, hamjihatlik muhiti O‘zbekistonning e'tirof etilgan xususiyatlaridan biridir. Yurtimizda yashovchi 130 dan ziyod millat va elatlar bizning boyligimiz sanaladi. O‘zbekistonning yagona xalqi uchun fuqaroviy o‘zlik, til va madaniyatni rivojlantirish ham tabiiy ehtiyoj. 

Bugun Qonunchilik palatasida  Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Qahramon Sarievning axboroti tinglandi. Unda “O‘zbekistonning yagona xalqi” g‘oyasi tilga olindi.

Menimcha, bu bizni birlashtiruvchi va rivojlantiruvchi yaxshi milliy g‘oya sifatida ham e'tiborga loyiq kontseptsiya.

Ba'zida ayrim faollar bilib-bilmay millatlararo totuvlikka yomon ta'sir ko‘rsatuvchi chiqishlar qilib qo‘yishadi. Bu borada juda ehtiyot bo‘lish lozim, chunki millatlararo totuvlik har birimiz uchun kerak, bu – tinchlik va barqarorlik masalasi.

Agar bizni birlashtiruvchi omillar haqida so‘rashsa, men birinchi bo‘lib “O‘zbek tili barchamizni birlashtiruvchi omil” deyman, har birimiz davlat tilini mukammal bilishimiz bizni davlat va jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishimizga imkon beradi.

Qahramon Sarievning axborotida aytilishicha, so‘nggi yillarda yurtimizda “Davlat tili birlashtiradi” degan g‘oya asosi o‘zbek tilini o‘rgatish kurslari kengaytirilayotgan ekan. Mana shu to‘g‘ri yo‘l.

Bugungi millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik siyosatining yo‘nalishi ana shunday liberal insonparvarlik tomon ketayotgani meni quvontiradi. Shu yo‘nalishdan davom etaverish kerak.

Tag‘in o‘qing
12 september 2017
12 sentyabr kuni tarmoqda Sirdaryoda tuman hokimining maktab direktorlarini urayotgani aks etgan video tarqaldi. Kun.uz nashri tarqatgan videoda Sirdaryo ...
5 august 2020
Mirziyoev boshqaruvida tashqi siyosatda, bir tomondan, Rossiya va uning geosiyosati bilan bog‘liq munosabatlardagi milliy manfaatlar borasida ko‘pchilik noroziligiga sabab ...
16 june 2021
Avtobusni traktor shatakka olgan holda ketyapti. Yo‘lda avtobus haydovchisi salonga yarim yalang‘och raqqosa qizlarni chiqarib oladi… “Abdulla G‘arib prodakshn”, ...
28 april 2021
Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboevni sudga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...