Ko‘zqarash
15 december 2025

Qiyin vaziyatga tushganlar haqida

Urganchdagi TV ALS shahar markaziidagi «Matbuot uyi»da joylashgandi. Bir kuni ishga kelsam, binoni minglab odam o‘rab olgan. Odamlarning qo‘llarida chamadon. Ming so‘m to‘lasak chet elga ishga ketarkanmiz» deya qat'iy ishonishgan. Endi «Matbuot  uyi» 9 qavat bino. 

Qandaydir aprs firma ochib shu binodan ofis olib «Kim ming so‘m to‘lasa Kanada va Avstrailyaga ishga yuboraman oyligi besh ming dollar» deb feyk e'lon bergan. 

Yaxshiyam bu e'lonni bizni kanal bermagan. Chunki bu aprs odamlarni pulini olib, ertasi Qozog‘istonga qochib ketdi. 

«Qiyin vaziyatga tushgan» odamlar bir haftacha dod voy qilib yurib puli kuyganiga  rozi bo‘lib qolishaverdi. Aldanganlar orasida oliy ma'lumotli o‘qituvchi, fan kandidati hatto vrachlar ham bor edi.

Odam aldanaëtganda miyasidagi mantiq tormozlanib qolarkan. 

Lekin odamlar har qanday e'lon va xabarga tanqidiy qarashni o‘rganishi kerak.

«Muammoli holatga tushib qolgan o‘zbeklar» TIV va elchixonalar ko‘magida davlat hisobidan uyiga qaytarilaëtganini tez-tez eshitamiz.

Kimdir «Bilmay to‘rtta davlatni kesib o‘tib, Suriyaga borib to‘rtta erdan sakkizta bacha orttirgan», kimdir bilmay bachasini Misrga diniy o‘qishga joylayman deb pedofil qo‘liga bergan. Kimdir har reysiga yuz berar ekan deb Dubayga jalablik qilishga borsa, ellik ham to‘lamagani uchun» qiyin holatga tushgan». 

Davlat bu «qiyin xolatga tushgan lo‘xlarni «orqasida turgani» yaxshi. Lekin odamda mas'uliyat va qilgan ishiga javibgarlik hissi ham bo‘lishi kerak.

Van vey tiket  (bir tomonga bilet) olib ashag‘larga borib o‘ynab kulib bo‘lgach «qiyin ahvolga tushdim» deya konsullikka zayava qilib qaytish biletini tekinga tushirganlar ham ashincha.

Xullas, O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasiga bir guruh o‘zbeklar Myanmada «qiyin ahvolga tushib qolgani, ish beruvchi bilan moshi pishmganini» ro‘kach qilib va vatanga qaytishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Albatta sahovatli davlat bu «qiyin ahvolga tushgan» sargardonlarni yedirib-ichirib, allada aziz to‘rvada mayiz qilib O‘zbekistonga qaytardi. 

Bular ikki hafta O‘zbekistonda ontarilib ëtib, yana  Myanmaga qaytib borib «ashi puldi berouring, aka. Biz rozi» deb yana «qiyin ahvolga» tushib ketadi. 

Mendan oytsh.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
25 june 2019
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanidan Shvetsiyaga kelib ishlayotgan 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi Akmaljon Cho‘liev 21 iyun kuni Stokgolmda vafot etdi. «Eltuz» ...
12 september 2023
Joriy yilning 6 sentyabr kuni Mo‘ynoqda chorvachilikni rivojlantirmoqchi bo‘lgan Chorva Mo‘ynoq Bosh direktori Polvonnazar Rahimovning Qoraqalpog‘istondagi rasmiylar sansolarligi va ...
26 march 2016
«Diyonat» gazetasi tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish mavzuidagi maqolasida O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan baliqlarga qiron keltirganlarning jinoyati fosh etilgani to‘g‘risida ...
27 april 2021
Botir Zokirov 1936 yil 26 aprel kuni opera tenori Karim Zokirov oilasida tug‘ildi. Toshkentdagi o‘rta maktabni tamomlagach, Toshkent davlat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...