Bir qarab qo‘ying katta leytenant!!!
O‘zini armiyasini boqa olmagan Xiva xoni o‘risni armiyasini boqqanini tarixda ko‘rdik. Shu bois Yangi O‘zbekikston askarlarining oyligini ko‘tarish g‘oyasi Rassom Tuzni sevintirdi.
Demak: Mudofaa vazirligi ofitserlariga ko‘p yillik xizmati uchun ustama miqdori 2 karra oshiriladi.
Kontrakt asosida xizmat qilayotgan oddiy askar va serjantlarning oylik maoshi 10 foizga ko‘paytiriladi.
Hududiy mudofaa ishlari boshqarmasi va bo‘limlarining harbiy bo‘lmagan xizmatchilarini oyligi bu yil 20 foizga, kelasi yili yana 50 foizga oshiriladi.
Qurolli Kuchlar safida 30-yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun pensiya hisoblashda inobatga olinadigan oylik miqdori 75 foizdan 100 foizga yetkaziladi.
Shu bilan birga, harbiy xizmatchilar uchun uy-joy qurilishi kengaytiriladi.
Bu «oshish» birinchi apreldan boshlanadi. Faqat bu birinchi aprel xazili emas.
Rassom Tuz sahifasidan
