Asosiy mavzular
2 march 2023

Gorbi, Gorbi…

Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk va so‘nggi prezidenti Mixail Gorbachyov tug‘ilgan kun.

Aynan Gorbachyov bergan hurriyat bois men – jurfakning oddiy talabasi mustaqil “Erkin so‘z” gazetasini nashr qildim, «Erkin ëshlar» uyushmasini tuzib, talabalarni harakatga keltirish tashabbuskorlaridan biri bo‘ldim. O‘shanda sovet mafkurasidan miyasi beton kabi qotgan domlalar senga bu jur'atni kim berdi deganida, Mixail Gorbachyov deganman.

Ayni jur'at qanotida O‘zbekistondagi ilk mustaqil TV tashkilotchisi bo‘ldim. Agar Gorbachyov bo‘lmaganida O‘zbekiston mustaqil bo‘lmas edi. Gorbachyovdan minnatdorman. Faqat bu minnatdorlik qatida ozgina gina-kudurat ham bor.

Bizga demokratiya, so‘z erkinligi va, eng muhimi, mustaqillik ato qilgan Gorbachyov boshimizga Karimov kabi bir johil mustabidni tikib ketdi. 1989 yilning 23 iyuni kuni Mixail Gorbachyov O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibligiga Karimovni tayinladi.

Insof yuzasidan aytish kerak, Gorbachyov avval boshidanoq Karimov nomzodiga qarshi chiqdi va uning nomzodini tasdiqlamadi. Kadrlar bo‘yicha mas'ul Yegor Ligachyov ham Karimovga qarshi bo‘ldi. Ular tasarrufidagi ma'lumotlarda Karimov boshqalardan ajralmaydigan johil bir obkom kotibi edi.

Ammo SSSR tashqi ishlar vaziri Eduard Shevardnadze Gorbachyovni ko‘ndirgan. Sovet Ittifoqi kabi ulkan mamlakatning ming bir tashvishi bilan band Gorbachyov shartli tarzda bu nusxani O‘zbekistonga rahbar qilib qo‘ydi. U ëg‘i nima bo‘lganiga tarix guvoh.

Baribir Gorbachyovga uzoq umr tilayman va u o‘zi yaratgan kaltakesaklardan uzoqroq yashaydi, deb umid qilaman.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 march 2025
Stokholmdagi Renkebu xalq uyida Navro‘z bayrami  munosabati bilan Ӯzbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan kontsert dasturi bӯlib ӯtdi.  Tadbirni ...
11 august 2020
O‘zbekiston Senatining 7 avgust kuni ochilgan oltinchi yalpi majlisida parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboeva mamlakatda korruptsiya avj olganini ...
14 may 2023
Buxoro viloyat IIB tarqatgan bildirgida jinoyat tafsiloti ham keltiriladi. Biroq tergovga xalaqit bermasligi uchun jurnalistlardan bu ma'lumotlarni oshkor etmaslik ...
6 july 2017
O‘zbekistonlik adib va ruhshunos olim, bir qancha hikoyalar va she'rlar muallifi Mahmud Yo‘ldoshev 2-iyul kuni o‘zining audiokitobini chop etdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...