Ko‘zqarash
1 september 2015

«Maqbarani portillatish…»

Ya'ni¸ javobni aniqlashtirsak qadimiy haykalni o‘zbek jangarilari Tolibon siësiy irodasiga ko‘ra vayron qilishdi. Bu men uchun yangilik bo‘lgan yo‘q edi¸ zotan 1993 yildaëq men bunday mafkura tashuvchilari suhbatiga noil bo‘lgan edim.

1993 yilda ukamning Rashidjon degan kursdoshi uylandi. Kursdosh taqvoli edi¸ to‘yga kelgan mehmonlarning taqvo iddaosi yanada kuchli edi. Mehmonlarni Xivaga saëhat qildirdim. Xivadagi Paxlavon Mahmud maqbarasini tomosha qilaëtgan «mehmon»ning og‘zidan chiqqan ilk kalima «buni portillatib vayron qilish vojib» degan so‘z bo‘ldi. Mehmonning bu gapini men tushundim. Zotan maqbara mahalliy mullalarning «qabrni tavof qilish biznesi» aylantirilgan edi.

Biz borganimizda yelkasi dumbasigacha ochiq yupqagina kelinlik libosi kiygan qiz bo‘lajak eri bilan «qabrni tavof qilish» ritualini ado qilaëtgan edi. Kelin va kuëv cho‘kkalab qo‘lini fotihaga ochib o‘tirishar va ularning qarshisidagi mulla qur'on suralarini tilovat qilar edi. Egilib o‘tirgan kelinchakning harir kiyimi ostidan qo‘sh olma kabi ko‘kraklari ko‘rinib turar va qur'on tilovat qilaëtgan mullaning ikki ko‘zi bu «ne'matga» suq bilan tikilgan edi.

Manzaraning ikkinchi planida esa qo‘llarida shampan vinolari va bo‘sh qadahlar ushlagan kuëvning jo‘ralari va kelinning chiqonlari «Gruppa podderjki» bo‘lib turishibdi. 1993 yilgi bu manzarani ko‘rgan «mehmon» maqbarani portillatish kerak degan «hulosa» bergan edi.

Shuhrat Bobojon,
www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 april 2016
Bugun eltuz.com o‘zining kun karikaturasi ruknida tag‘in musavvir Elsevar chizgan yangi rasmni taqdim etadi. Bu safar rassom keksa yoshdagi ...
27 september 2016
Joriy yilning 7 oktyabrida Toshkentda ochilishi kutilgan Zamonaviy san'at Biennalesi qoldirilgani haqida rasmiy bo‘lmagan xabarlar urchidi. Bu yilgi Biennale ...
23 june 2016
Farg‘ona viloyatining aksariyat banklarida jo‘natma pullarini berish juma kunigacha to‘xtatildi. Bank xodimlari buning sababini valyutaning tugab qolgani bilan izohlamoqda. ...
18 september 2017
Shavkat Mirziyoev Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida 19-25 sentyabrda o‘tadigan oliy siyosiy muzokaralarida ma'ruza qilishi kutilmoqda. Bu uning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...