Ko‘zqarash
16 october 2015

O‘zgarishlar ehtiyoji

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Mamlakat qonuni, oddiy vodoprovod jo‘mragi, yoki xalq qo‘lidagi shior bo‘lsin, hammasi o‘zgarishga muhtoj. Aksincha ularni mog‘or bosadi. Bu taraqqiyotning eski qoidasi. Busiz rivojlanish ham yo‘q.

Tajribamda shu narsaga amin bo‘ldimki agar odam, jumladan millat hech narsa yaratmas, faqat borini yeyishda davom etarkan, u ko‘p narsadan mahrum bo‘ladi. Buning nuqsi boshqalarga ham yuqadi.

Bu hasadni agar millat miqyosiga yoysangiz, yanada fojialiroq…

Albatta boy bo‘lish kambag‘al bo‘lishdan afzal, ayniqsa yaratuvchan odam uchun. Hech narsa yaratmaydigan odam, fikrimcha, asta sekin mavjud eski narsalarning bandasiga aylanadi.

Ayni narsalarni pul va rishvat evaziga qo‘lga kiritadi. Mamlakatda korruptsiya avj oladi. Yuqorining amri bilan, bu narsalar endi seniki, soqqasini olib yana kimnidir o‘zingga teng sherik qilishing ham mumkin.

Bilimsiz bilimlilarga yo‘l bermaydi. Ular sharoitga moslashishga majbur. Bahillik kuchayadi. Mening shuncha bilimim bor, falonchi esa diplomini pulga olib, elga hokim bo‘ldi… balki unga pora bersam meni biror ishga qo‘yar.

Oddiy o‘g‘irlik — pora bilan jazodan qutilish mumkin bo‘lgan mamlakatda yashashning eng oson usuli. Birovning tomini tesh, kissavurlik qil, o‘ldir, militsiya senga sherik. Ularga qonun yo‘q, chunki diplomini pulga olgan huquqshunoslarda buni yozishga uquv ham yo‘q.

Uyingda gaz, suv yo‘qmi, o‘g‘rincha quvurga ulan. Gazchi kelsa haqini oladi ketadi. Puling bo‘lmasa tekinga yasha.

Toqatsizlik rivoj. Norozilar tilini tiydirish chorasi ham bor. Nega qizing ro‘mol o‘raydi, yoki nima haqing bor ochiq-sochiq yurishga, bu yer senga Robinzon oroli emas, demokratiya qilgani!

Vodoprovod quvuridan oqayotgan itbaliq aralash suv ichayotgan xalq muammosiga bu gaplarning nima dahli bor, deya o‘ylaganmisiz?

Suv idorasi xodimlari savodsiz bo‘lmasa, muammoni hal qilgan, aybini pora bilan hal qilishiga ko‘zi yetmagan qo‘shningiz esa quvurini o‘g‘rincha ulashga yuragi betlamagan bo‘lmasmidi?

Doira yopildi. Biroq bir narsani aytmadim. Yaratishdan, qurishdan avval maydon eski narsalardan tozalanishi, demak yuqorida o‘tirgan prezident va uning aymoqlari o‘rinlarini bo‘shatishlari lozim.

Qolgan hammasi sizning qo‘lingizda.

Tag‘in o‘qing
10 october 2017
10 oktyabr kuni Andijonda paxta kampaniyasi bois, shahar qatnovidagi «Damas»larning kira haqi 2000 so‘mga chiqdi, deya xabar beradi «Eltuz» ...
5 july 2024
RT: Mana azizlar bir oylik o‘tpuskadan qaytib yana siz bilan suhbatdaman.  MS: Og‘o nichiksiz. Nerlara bordingiz. Qidirishmo zo‘r bo‘ldimi? ...
13 july 2020
O‘tmish tozalab qo‘yilgan. Ëlg‘on esa haqiqat deya bizga taqdim qilinmoqda. Bu gapni ëzuvchi Jorj Oruell bundan 70 yil oldin ...
8 june 2021
Rassom Elsevar
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...