Kundalik
29 october 2015

Dmitriy Tixonovning uyiga o‘t ketdi

Huquq himoyachisining o‘zi yong‘in chiqqan payt uyida bo‘lmagan. Bu haqda u bir necha kun keyin bilgan.

“20 oktyabr kuni mening uyim yondi. Men bu haqda kech xabar topdim, chunki shaharda mening yaqinlarimdan hech kim yo‘q edi” deydi u.

Huquq himoyachisining bildirishicha, asosan uning ish kabineti, u yerdagi barcha hujjatlar, kompyuter, foto va boshqa barcha texnik anjomlar yongan.

Uyiga kelgan payti, eshik muhrlangan bo‘lgan va Dmitriy Tixonov kelishi bilan o‘t o‘chirish va militsiya xodimlari ham u yerda hozir bo‘lishgan va ishni rasmiylashtira boshlashgan.

Huquq himoyachisi va uning hamkasblari bu voqeani inson huquqlari faolining paxta monitoringidagi faoliyati uchun qasd olish deya baholamoqda.

Yong‘indan bir kun avval 19 oktyabr kuni paxtaga olib ketilayotgan angrenliklar kolonnasini suratga olayotgan paytda, Dmitriy Tixonov militsiya tomonidan olib ketilib unga ma'muriy ish ochilgan edi.

Qizig‘i shundaki, yong‘inning birinchi kunidanoq voqeadan xabari bo‘lgan militsiya na unga, na uning advokatiga xabar berishmagan.

Garchi 20 oktyabrdan buyon huquq himoyachisining advokati Polina Braunerg uning ishi bo‘yicha ikki marta militsiya idorasida bo‘lgan va bundan tashqari bir marta uchastka militsionerining o‘zi unga qo‘ng‘iroq qilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 june 2022
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi xotinini kaltaklagan rejissyor Sanjar Matkarimovni ikki yilu bir oy ozodlikdan cheklash hakida hukm ...
17 may 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
1 september 2016
Bugun o‘zbek hukumati Karimov nomidan tabriklar yozmoqda va boshqa davlat raxbarlarinng prezident nomiga tabrik maktublarini qabul qilmoqda. Ayni paytda ...
22 november 2019
O‘tgan hafta «Milliy tiklanish» partiyasi Qashqadaryoda neft ishlab chiqarayotgan «Lukoyl» shirkatining tanobini tortib qo‘yishni talab qildi. Chunki bu idoraning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...