Kundalik
3 august 2018

Tekin sho‘rvaning go‘shti bemaza

Bir paytlar neftbazadan benzin, solyarka olib chiqib sotar edik. Yashirincha olib chiqar edik, ishchilariga pul bersak, hech kim yo‘qligida olib chiqib berishardi.

Bir kun kechki payt benzin olish uchun neftbazaning orqa darvozasi yonida kutib tursam, bir bola ham yonimda turib oldi. U odamdan qo‘rqib ishchilar benzinni olib chiqib menga bera olishmayapti, men ham kutaverib charchadim.

Keyin haligi boladan nega bu yerda turganini so‘rasam, shamchiroqqa yoqilg‘i istab kelgan ekan. Tezroq boladan qutulib, benzinni olib chiqish uchun uydan besh litrcha solyarkani idishiga quyib berdim, pul bermoqchi bo‘lgandi olmadim, duo qilib ketdi.

Uch-to‘rt kundan keyin yana o‘sha ahvol, o‘sha bola darvoza oldida turardi, yana solyarka kerak bo‘lib qolibdi, bu safar ham uydan to‘ldirib berdim, rahmat aytib ketdi.

Keyin esa kunda-kun ora kelishga o‘rganib oldi, xuddi qonuniy haqqini undirgani kelgandek. Oxiri bezor bo‘ldim, solyarkaga ozgina benzin aralashtirib berib yubordim. Ertasiga mendan kelib so‘rayapti:

– Kecha menga nima balo quyib bergandingiz? Uyga borib shamchiroqqa yog‘ quyib shunday gugurt chaqqandim «lop» etib olov chiqib butun uyimiz yorishib ketdi.

Shunda e'tibor beribman bolaning qoshi kuyib, o‘rni sho‘r bosgan shudgorga o‘xshab qolgan ekan.

Akmal Nabiev,
Eltuz.com, 30 Oktyabr, 2015 yil

Tag‘in o‘qing
27 december 2017
«Eltuz» nashri MXX raisi Rustam Inoyatovning Avstriyada yashirilgan mulkiga oid videoni taqdim etadi. Video Open Source Investigations (OSI) guruhi ...
21 august 2018
Hukumatning ko‘ngilochar maskanlarga reydlari ortidan o‘zbek matbuotida «tungi klublar»larni yomonotliq qilish avj oldi. Ayni tendentsiyadagi ko‘rsatuvlarni «Yoshlar» telekanali uzatdi. ...
9 july 2025
Yaqinda bloger va sobiq deputat Qobul Dusov 5,5 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.  Uning ishidagi “jabrlanuvchi”lardan biri Hilola Umarova ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...