Kundalik
2 april 2016

Universitetdan haydalgan o‘zbekistonlik Copy/Paste bilimdoni «VimpelCom”ga bo‘yicha o‘z xizmatini taklif etdi

Bu albatta bir xazil maktub, masalaning jiddiy tomoni, «VimpelCom” chindan ham feyk-hisobotlar uchun Gibraltarda ro‘yxatga olingan Gulnora Karimovaning bank hisobiga 30 mln. dollar jo‘natgan. Murod Shokir shu ma'noda o‘zini qalbaki hujjatlar yasash, xususan bunda Power Pointga o‘xshagan ilovalardan foydalanib copy paste qilishning ustasi farangi qilib ko‘rsatadi. Qanday qilib deysizmi, maktubni o‘qing!

O‘zbekistondagi eng taniqli tadbirkordan ilhomlangan, universitetdan haydalgan Murod Shokir «Eltuz»ga ushbu xatni e'lon qilishga ruxsat etdi.

Hurmatli Jan-Iv Sharli,

Men «VimpelCom» global telekommunikatsiya kompaniyasida maslahatchi bo‘lib ishlashga qiziqishimni bildirish niyatida yozmoqdaman.

Yaqinda kompaniyangiz Gibraltarda ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkor Gulnora Karimovaga tegishli Takilant Limited biznes xoldingi hisobiga LTE mobil chastotalari to‘g‘risidagi hisobot uchun 30 million dollar o‘tkazganini bilib qoldim. Ajoyib!

AQSh Adliya vazirligi o‘tkazgan tekshiruvlarga ko‘ra, (Takilant tomonidan tuzilgan) ingliz tilidagi ushbu hisobot matni Vikipediyadagi maqolalar, bloglardagi xabarlar va Power Point namoyishi kabi telekommunikatsiya brendlariga aynan o‘xshashdir. Rus tilidagi hisobotlardagi qismlar Vikipediyada, Verizon Wireless da va matbuotda e'lon qilingan maqolalar va Beeline ning Power Point namoyishlari bilan o‘xshash yoki aynan bir xildir.

Adliya vazirligi Takilant ning hisobotlari «asl voqelikning kichkinagina qismini tashkil etadi yoki umuman hech narsani aks ettirmaydi, aslida ommaviy manbalar yoki boshqa materiallardan ko‘chirilgan matnlardan ko‘chirilgan», degan xulosa beradi.

Bizga aytishlaricha, Copy/Past vaqtidagi doimiy bosim tufayli ehtimoliy xatar uchun to‘lov sifatida 2011 yilning sentyabr va oktyabr oylarida Takilant ning Shveytsariya bankidagi hisob raqamida 30 million dollar o‘tkazilgan.

E'tiboringiz uchun men Vikipediyadagi plagiatlik bo‘yicha ekspert hisoblanaman. Bunga shubha yo‘q. Shuningdek, men bloglar, yangiliklar saytlari hamda boshqa internet manbalaridan ko‘chirish va matnlarni qo‘yishni ham juda zo‘r eplayman. Bu haqda universitetdagi professorlarimdan so‘rashingiz mumkin va ular buni tasdiqlaydi. Men biror marta o‘ziga xos mohiyatga ega bo‘lgan, ya'ni o‘zimniki bo‘lgan esse topshirmaganman.

Albatta, men xotinim yoki boshqa vositachi jismoniy shaxs nomiga yashirin ravishda Shveytsariya va Latviyada bank hisob raqami mavjud firmani darhol ro‘yxatdan o‘tkazishim mumkin va bundan juda xursand bo‘laman. Siz menga mablag‘ o‘tkazish uchun juda keng imkoniyatga ega bo‘lasiz va buni maxsus xizmatlar bilmaydi.

Men raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarini yaxshi tushunaman. Shuning uchun Copy/Paste bo‘yicha imtiyozli ravishda 20 million AQSh dollariga o‘z xizmatlarimni taklif etishdan juda baxtiyorman.

Mening xizmatlarimga chegirma belgilashda otam O‘zbekiston prezidenti emasligi hisobga olingan. Afsuski, u bor-yo‘g‘i Buxoroda payvandlovchidir:(

Shunga qaramay, Siz mening xizmatlarimni chin dildan qabul qilishingizga ishonaman, chunki men 30 million AQSh dollari pora sifatida to‘langaniga haqiqatan ham ishonmayman.

Men doimo kutaman, klaviaturamdagi S tugmasini, keyin esa V tugmasini to‘xtamasdan bosaman. Siz esa meni ishga yollaganingizdan afsuslanmaysiz.

Eng yaxshi tilaklar bilan,

Murod Shokir
P.S. Bu maktubning 90 foizi internetdan ko‘chirilgan va qo‘yilgan. Men bu ishda professionalman. Meni ishga oling!
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 october 2020
15 iyul kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 8 yoshli qizni 29 yoshli M.Z. erkak maktab hojatxonasida zo‘rlamoqchi bo‘lgan. Bu ...
18 january 2026
Maktabda o‘qituvchi bolalardan so‘rabdi: — Bolalar, ayting-chi, «Davlat byudjeti» nima degani? Salimjon javob beribdi: — Ustoz, Davlat byudjeti — ...
7 january 2022
Azizlar mana yana siz bilan yuzma yuzman. Hazrati Zahiriddin Bobur lutf qilishicha qozoq bu turkning botirlik hislati ekan. Shu ...
4 june 2018
Muhammad Bekjonni 2002 yilning 30 aprelida Zarafshon zonasi boshlig‘i o‘rinbosari Baxti ismli baqaloq podpolkovnikning oldiga olib kirishadi. U bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...