Kundalik
15 november 2015

G‘o‘zapoya oyligimiz…

Bu yil paxta tera olmadim, deb «xafa bo‘lib» yurgandim. Lekin kecha sinfdoshim Qadamboyning g‘o‘zapoyasini (poqolini) terishgani ko‘makka (yordamga) borganimda bu ishni qildim, to‘g‘risi qilishga majbur bo‘ldik.

Buning uchun ochko‘z fermerga katta rahmat! Boshidan tushuntiray… Havoning buzuqligiga qaramay, yertalabdan dalaga yayov jönadik. Sababi yo‘llar yomon.

Bug‘doy ekilgan paxta dalasidagi sinfdoshimning bir gektar yeridagi g‘o‘zapoyasini 9 kishilik jamoa o‘rib, bog‘lab, olib ketishga tayyor qildik.

rasm521
Yomg‘ir yog‘abergach, ishimizni ham, ishini ham chala tashlab qaytdik…

Bug‘doy ekilgan dalaga transport, ot-arava kiritib, (bug‘doyga zarar yetkazish mumkinmasligi uchun/:-)/, daladan 1000 bog‘dan ziyod g‘o‘zapoyani qo‘lda qatnab olib chiqsak bo‘ldi, deb tursak, fermerning ish boshqaruvchisi kelib, «g‘o‘zapoyangdagi paxtalarni terib chiqinglar, keyin g‘o‘zapoyangni olib ketasan, bo‘lmasa yo‘q!» desa bo‘ladimi…

Fermerga chaqishgan… Ana sharmandalik! Bog‘lardan paxta terdik! Ochilib qolgan ko‘saklar ham oz emas ekan! Bir pastda bir qanor (ikki qop sig‘imidagi xalta) paxta terdik!

Uni ham dala shiyponga olib borib topshirdik. Yomg‘ir yog‘abergach, ishimizni ham, ishini ham chala tashlab qaytdik…

«Paxta – boyligimiz, g‘o‘zapoya – oyligimiz» degan gap bor Xorazmda, balki sizda ham bordir, a?

Xullas, endi fermerlar shu oyligimizga ham ko‘z olaytira boshlashdi: paxta chopig‘i uchun 1 gektar yerga ega ishchilardan 50-80 bog‘ g‘o‘zapoya olib qoladi.

Gaz umuman yo‘q, elektr uzilib keladigan, daraxtlari, bog‘lari chopilib deyarli tugagan qishloqimizda, elning qahraton qishdan omon chiqaradigan najotlaridan biri bu g‘o‘zapoya.

Bir vaqtlar gazni qoramolga yem pishiriladigan o‘choqlarda boricha yoqib qo‘yardik (aynan bizning oila emas). Bugun shularning uvoli tutayotgandir balki…

Murod Bekjonov
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 september 2024
O‘zbekistonda oylik maoshlar yiliga bir marta bilinar-bilinmas oshadi. Lekin narx-navo kuniga ko‘tariladi.  Joriy yilda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ  foydalanuvchilarni kutilmagan ...
2 june 2019
Qashqadarëning Chiroqchi tumani Tutli mahallasida 28 may kuni mahalliy ovchi ayiqni otib o‘ldirdi. Bu haqda Nuz. Uz nashri O‘zbekiston ...
5 march 2021
O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati (PDXX) rahbari o‘rinbosari, 36 yoshli Otabek Umarovning avariyada majaqlangan ikki oëg‘i 4 mart kuni ...
23 august 2019
O‘ziga ishonchi bo‘lmagan, qo‘rqoq va ojiz siyosatchilargina davlatni diktatura usulida boshqarish yo‘lini tanlashadi. Bu eng oson yo‘l. Ahmoqning ham ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...