Kundalik
6 april 2016

«Ogohlik» marshining old saflarida…

O‘zbekistondagi partiyalarning nashrlarini ko‘zdan kechirib, ularning parlamentdagi deputatlariga o‘z saylovchilari bilan ogohlik, hushyorlik, «yot g‘oyalarga qarshi kurash» mavzularida uchrashuvlar o‘tkazish vazifasi yuklanganiga goh bo‘lasiz.

Xususan, «Adolat» gazetasi partiya fraktsiyalari a'zolari o‘z saylovchilari bilan «Tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining muhim omili» mavzuida ma'naviy-ma'rifiy suhbatlar tashkil etayotgani haqida yozdi.

Partiyaning hali kollej o‘quvchisi (!) bo‘lgan a'zosining mana shunday uchrashuvlar haqidagi fikrlari quyidagicha: «Har xil toifadagi g‘alamis kuchlar aholi, xususan, yoshlar ongini zaharlash uchun turli yo‘l va vositalarni ishga solayotganliklari sir emas.

Biz yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash uchun faol targ‘ibot olib borishimiz darkorligini yana bir bor his etdik».

Hali ona suti og‘zidan ketmagan bu partiya a'zosi targ‘ibotga bunchalik ishqibozligi uning katta ustozlaridan yaxshi saboq olganidan bir darak.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 may 2016
O‘tgan hafta boshida Eltuz.com O‘zbekistonda eng oliy hukumat izni bilan yagona monopolist pereferentsiyasi berilgan «General motors» shirkati ustamalari bo‘yicha ...
19 july 2017
Prezident Mirziyoevning kelasi oydan Davlat Soliq Qo‘mitani fiskal idora sifatida tugatishi, uning faoliyati Moliya vazirligi va prokuraturaga bo‘lib berilishi ...
22 october 2021
O‘g‘il nevarasini qo‘rqitib, muntazam zo‘rlagan toshkentlik amaki haqida video tarqaldi. Bu amaki «nojo‘ya jinsiy harakat qilgani» uchun jarimaga tortiladi, ...
15 march 2016
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on kamida 34 kishining umriga nuqta qo‘ygan Anqara portlashlaridan so‘ng «terrorizmni tiz cho‘ktirish»ga va'da bergan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...