Kundalik
5 may 2016

Turkiyalik chol va kampirni o‘ldirgan o‘zbek er-xotinga umrbod qamoq jazosi berildi

Turkiyada o‘zbekistonlik er-xotin turkiyalik taniqli yahudiy tadbirkor Jak Karako va uning rafiqasi Jorjiya Karakoni o‘ldirganlikda ayblanib, 2014 yili hibsga olingan 30 yoshli Farhodjon Yusupov va uning 28 yoshli turmush o‘rtog‘i Gulbahor Yusupovalar ustidan o‘tgan mahkama ularga umrbod qamoq jazosini belgiladi.

Taraflarning advokatlari ishtirokida sud hakami “kamida 26 yil qamoqda o‘tirish sharti bilan umrbod hibs jazosi” belgiladi.

Tadbirkor oilasida farrosh bo‘lib ishlagan Farhodjon Yusupov aybini bo‘yniga olgan.

rasm1330
Farhodjon Yusupov cholu kampirni o‘ldirayotganida o‘zining qo‘lini ham jarohatlagan. 2014 yil, qotillikdan so‘ng olingan rasm.

Uning xotini Gulbahor Yusupova esa “Qotillik paytida men televizor ko‘raëtgan edim” deya aybni o‘zidan soqit qilib eriga yuklashga uringan.

Qotillikda ayblangan Yusupov mahkama zaliga kelganda og‘zida uch dona lezviya yashirib olib kirgani ma'lum bo‘ldi. Jandarma qo‘mitani Husayn Qoraqoya mahkum og‘zida lezviya borligini payqab qolgan.

Mahkum, mahkama oldida og‘zidan ikkita lezviyani chiqarib olib, boshqasi yo‘q deb turib olgan.

Qo‘mitan atralashuvidan keyin Yusupov o‘z og‘ziga yashirgan uchinchi lezviyai chiqargan.

Farhodjon Yusupov lezviyani o‘z joniga qasd qilish ëki boshqalarga tajovuz qilish maqsadida saqlaganmi degan savolning javobi yo‘q.

Sudda ikki yil ko‘rilgan jinoyat

77 yoshli taniqli turkiyalik tadbirkor Jak Karako va uning 69 yoshli rafiqasi Jorjiyaning pichoqlangan jasadi 2014 yili Istanbulning O‘rta ko‘y mavzeidagi uyidan topilgan edi.

Oradan bir kun o‘tib Istanbulning Fotih mavzesidagi kvartirani kiraga olib yashab kelgan o‘zbekistonlik er-xotin hibsga olindi.

Turk matbuotining yozishicha, bu juftlik so‘nggi ikki oylik maoshini so‘raganida, turk tadbirkori uning uyiga yetkazilgan zararni undirish maqsadida maoshni ushlab qolishini aytgan. Shundan so‘ng er-xotin oshxonadagi go‘sht chopadigan pichoq bilan tadbirkor va uning xotinini yotoqxonasida chopib tashlashgan.

Turkiya mahkamasida o‘zbekistonlik er-xotin mudhish qotilligi dalil isbotlar bilan tasdiqlandi.

rasm1331
Gulbahor Yusupova esa shu paytgacha jinoyatga aloqador ekanini yashirib kelayotgan edi

Istanbulning Moltepa qamoqxonasida qolaëtgan Farhod Yusupov hamda Gulbahor Yusupova tergov paytida qotillikni bo‘yniga olgani ham turk matubotida e'lon qilingan edi.
Bundan tashqari, tadbirkor uyidagi videokamera o‘zbekistonlik er-xotin tadbirkorning uyidan qimmatbaho narsalar solingan 7 ta sumkani olib chiqib ketayotganini ham qayd etgan.

Ammo, ayni paytda turk matbuotida jinoyatni Farhod Yusupovning o‘zi sodir etgani, uning o‘zi chol va kampirni o‘ldirganini e'tirof qilgani haqida yozgan edi.
Sud ma'lumotiga ko‘ra, Farhod Yusupov chol-kampirni yuqori qavatdagi ëtoqxonaga chiqib uxlashga ëtganida, ularni ëtog‘ida so‘yib tashlagan.

Keyin pastga tushib uxlagani ëtgan va ertalab oshxonada gazni ëqib, uyda portlash hosil qilib, pichoqni esa dengizga otib, Qumqopidagi mehmonxonalardan biriga yashiringan.
Chol-kampirning vahshiyona tarzda o‘ldirilganidan esa ulardan xabar olgani kelgan o‘g‘li voqif bo‘lgan va politsiyani chaqirgan. O‘zbekistonga qochish payida bo‘lgan ikki o‘zbek o‘sha kunning o‘zida qamoqqa olingan.

O‘zbekistondan borib, Turkiyadagi tadbirkorning uyida xizmatkorlik qilgan Farhod Yusupov va uning xotini Gulbahor Yusupovalar ayni paytda qotillik, o‘g‘irlik va talonchilikda aybli deb topildi.

Marhum tadbirkor Jak Karako Turkiyadagi mashhur Oren Bayan brendi asoschisidir. Bu nafaqat Turkiya, balki Osiyo davlatlarida nomi chiqqan ip-kalava ishlab chiqaruvchi yirik shirkatlardan biridir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 december 2018
Bosh vazir Abdulla Aripov 23 dekabr kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi yig‘ilishida Toshkentdagi barcha eski uylar buzilib, o‘rniga yangilari qurilishi haqida ...
3 february 2017
Toshkentlik taftishchi-senatorlarni kutib olish – tumanlardagi mahalliy amaldorlar uchun ortiqcha dahmaza. Ko‘cha supurish, ko‘chat o‘tqazish, ziyofat tayyorlashdan tashqari, kattalar ...
9 november 2017
2017 yilgi paxta terimida «Umumxalq hashari» shiori ostida byudjet idoralari xodimlari, jumladan, o‘qituvchilar mehnatidan tobora kengroq foydalanilmoqda. Sirdaryo viloyatidan ...
9 september 2021
6 centyabrdan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yili boshlandi. Ayni paytda viloyatlardan poytaxtga kelib o‘qiyotgan talabalar uchun turar-joy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...