Dayjest
20 may 2016

Butun O‘zbekistonni «to‘lqinlantirayotgan» farmon

O‘zbekiston prezidentining Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni butun mamlakatni «to‘lqinlantirib» yubordi. Har holda o‘zbek matbuoti shunday deb yozmoqda.

Bu «to‘lqinlanish»ni ko‘rgandan keyin «ertaga bugun avval ruscha tayyorlanib, so‘ng o‘zbekchaga o‘giriladigan qonunlar endi o‘zbekcha yozilsa kerak», «yuqori davlat idoralarida ish yuritish endi o‘zbek tilida bo‘lsa kerak», «prezidentimiz xalqaro anjumanlarda endi ruscha emas, o‘zbekcha gapirsa kerak» kabi nekbinlik paydo bo‘ladi.

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning ko‘zlaridan oqqan yosh esa bu nekbinligimizni yanada kuchaytiradi.

«Biz o‘zga yurtlardagi adabiyot muzeylariga mahliyo bo‘lib, havas bilan qarardik. Prezidentimiz farmoni bilan yangi ochilajak universitet tarkibida O‘zbek tili va adabiyoti muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi yuksak ehtirom va e'tiborni ko‘rib ko‘zimizda yosh qalqdi», deb yozdi S.Sayyid «O‘zbekiston ovozi» gazetasida e'lon qilingan maqolasida.

Ammo bu farmon va yurtboshi sha'niga yog‘ilayotgan madhlarda uchrayotgan «kichkinagina» yolg‘onlar ham borki, ular aslida 25 yil kechikib qabul qilingan hujjatning ahamiyatini yanada pasaytiradigandek tuyuladi.

Xususan, «Xalq so‘zi» gazetasi bunday yozadi: «…hali totalitar tuzum hukmron bo‘lgan turgan murakkab sharoitda – 1989 yilning 21 oktyabrida O‘zbekiston rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan qariyb yarim asrlik qaramlikdan so‘ng o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganini yodga olish mantiqan to‘g‘ri bo‘lur edi».

Aslida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bugun mamlakatdan haydab chiqarilgan, barcha yetakchilari xorijda faoliyat yuritishga majbur bo‘layotgan muxolifat kuchlarining, o‘sha paytlarda ko‘ngliga mustaqillik ishqi tushgan o‘zbek ziyoli qatlamining, talabalarning bosimi bilan amalga oshganini esdan chiqarmagan avlod hali tirik.

Shuning uchun kech bo‘lsa-da, qabul qilingan bu muhim farmon haqida madh to‘qiyotganda yolg‘on aralashtirilmasa, uning ahamiyati yanada ortadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 august 2016
Prezident farmonida, 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori ...
6 october 2025
Rassom Tuz
12 november 2020
Saylovda g‘alaba qozongan Jo Bayden AQShning navbatdagi prezidenti bo‘ldi. Amaldagi prezident Donald Tramp mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortib, ko‘plab qonunbuzarliklar va ...
18 january 2019
Prezident Mirziyoev mamlakatning xorijda muzlatilgan korruptsiya pullarini qaytarish va chet el sarmoyasi kiritishga jahd qilarkan, tag‘in O‘zbekistonning oldingi prezidenti ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...