Ko‘zqarash
30 may 2016

Bosh vazirning yo‘lini to‘sgan militsioner

Farg‘ona shahrida o‘tgan “Universiada” sport musobaqalarining eng qiziq voqeasi albatta, yoshgina militsionerning mamlakat bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning yo‘lini to‘sgani bo‘ldi.

Farg‘onadagi Olimpiya zahiralari kollejida musobaqalarning gandbol, dzyudo, boks, erkin kurash, yunon-rum kurashi kabi turlari o‘tkazildi.

Xavfsizlik choralari qattiq ko‘rilganligi bois, musobaqalarga kirish uchun ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar ya'ni beyjiklar bilan birga pasport ham talab etildi.

Militsionerlarga kim kelsa ham pasport va beyjigini yaxshilab tekshirib, sumkasini ko‘rib, keyin o‘tkazish haqida qattiq buyruq berilganligi bois, ular ham o‘z ishlarini “sidqidildan” ado etishayotgan mahal bir gala shotirlari qurshovida bosh vazir kirib kela boshladi.

Militsioner o‘z boshlig‘idan maqtov eshitish uchun u kishini ham yo‘lini shart to‘sib “qani ruxsatnomangiz va pasportingiz” deya savolga tutdi.

Viloyat hokimi, prokurori, vazirlar ham “taxta” bo‘lib qolishdi. Militsionerning boshlig‘i uni nariroqqa olib ketdi.

Yaxshilab o‘ylab qaralsa, yosh militsionerda ham ayb yo‘q. U bechora buyruqni bajardi xolos. Undan tashqari Shavkat Mirziyoev xalqning oldiga chiqib, televizorda ko‘rinib, gazeta-jurnallar muqovasini bezab tursa ekanki, uni yoshu qari birdek tanisa.

Bosh vazir hech qachon televizorda chiqmaydi, rasmi biror gazeta yo jurnalda bosilmaydi. Shunday bo‘lgach, xalq uni qaerdan tanisin. Xalq televizorga chiqadigan radioda ovozi kunda kunora eshitilib turadigan artistni taniydi-da. Militsioner bechora o‘sha xalqning bir vakili xolos.

Men bu voqeaga tasodifan guvoh bo‘ldim. Hozir rosa militsionerga achinyapman. Bechora buyruqni halolu pok, bekamu ko‘st bajaraman deb ishsiz qoldiyov.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 september 2020
Prezident Mirziyoev imzolagan yangi qarorga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvaridan mehnat muhojirlariga soliqlar joriy etiladi.’ Qator o‘zbek nashrlarining yozishicha, ...
10 may 2017
Joriy yilning mart oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi (O‘zbekiston tarkibidagi respublika) 39 yoshli huquq himoyachisi A'zam Farmonovni ozodlikdan mahrum ...
22 may 2018
Keyingi paytda “Boriga baraka” kapital shousi odamlar xayolini o‘rgimchak to‘ridek o‘ziga qamrab oldi. 7 yoshdan 70 yoshgacha hamma “Boriga ...
13 september 2018
«Navbatim yaqinlashgan sari tobora kuchayib borayotgan vahima butun vujudimni qoplab oldi. O‘ng oyog‘im tovoni zirqirab og‘riy boshladi…». Muhammad Bekjon ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...