Asosiy mavzular
17 june 2016

Taniqli ëzuvchi va kino ustasi Uchqun Nazarov olamdan o‘tdi

80- yillar oxirlarida sahna yuzini ko‘rgan «Oyna» dramatik asari orqali prokurorlarning arzandi o‘g‘illari qilaëttgan jinoyatlarni fosh qilgan ëzuvchi «kommunist bo‘lmasang, xorijga chiqmaysan, unvon olmaysan» deyishganiga qaramasdan kommunistik partiyaga a'zo bo‘lmaslik kabi sokin isënga o‘z yuragida kuch topa olgan edi.

Eslatib qo‘yamiz, o‘sha paytdagi aksar taniqli shoir va ëzuvchilar (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon, O‘tkir Hoshimov…) komfirqa a'zosi ekanidan faxrlanib asarlar ëzishgan.
Hatto Abdulla Qaxxor o‘zini komfirqaning “oddiy askari emas, balki ongli a'zosi” bo‘lganini aytib maqtangan bir davrda ijod qilgan edi partiyasiz marhum Uchqun Nazarov.
Keyinchalik, kommunistlarning bir dumalab “mustaqillik me'mori” aylangani esa Uchqun Nazarovning istexzosiga sabab bo‘lgan edi: – O‘sha paytdagi kommunistlar nima bo‘lishdi, bir yumalashdi-yu, xozirgidek bo‘lib qolishdi.

Shunchalik to‘nni ag‘darib kiyib olish oson ekan, nega kommunist bo‘lishgan? Agarda tuzum yana o‘zgaradigan bo‘lsa, hozirgi xaybarakallachilar, hayotimizda farovonlik deyayotganlar yana bir aylanib, yangi tuzumga moslashib olishadi.

Men buni sotqinlik deb bilaman, deya ta'kidlagan edi marxum. Romani nemis tiliga tarjima qilinib shuhrat qozongan adib nosir, kinodramaturg, kinorejisser Toshkent teatr va rassomchilik instituti rejissyorlik bo‘limini bitirib Qo‘qon shahridagi Hamza drama teatrining bosh rejissyori, keyinchalik esa «O‘zbekfilm» kinostudiyasining yetakchi mutaxassislaridan bo‘lib faoliyat ko‘rsatib keldi.
Kinorejissyor va yozuvchi Uchqun Nazarov o‘zbek kinoasarlarining yillik muhokamasiga bag‘ishlangan anjumanda “xalq kundan kunga qashshoqlashib borayotgan, axoli ilojsizlikdan ommaviy ravishda xorijga ish izlab chiqib ketaetgan davrda xadeb qo‘shiq kuylashdan, o‘yin-kulgini tasvirlashdan uyaling», degan, dadil fikrlar bilan chiqa olgan jasur ijodkor edi.

«Surayyo», « Bardosh», «Jala yomg‘ir», «Shiddat» filmlarining rejissyori, «Jur'at», «Chayon yili», «Oyna» adabiy asarlarining muallifi Uchqun Nazarov 2005 yilda Bi-Bi-Si bilan suhbatda “Men anjumanda aytgan gaplarimni juda muxim deb o‘ylayman. Bu azoblar, bu xalqning uqubatini ko‘rish natijasida tug‘ilgan so‘zlar edi. Bu uqubatlarni kinematograf xech ifoda qilmaslik, qila olmaslik va bu uqubatlarga orqasini o‘girib olish tendentsiyalariga qarshiman” deya ta'kidlagan edi.

Ayni suhbatda Nazarov o‘zbek ëzuvchilarining amal va imtiëz ilinjida falaj bo‘lganligini ham ta'kidlagan edi: «Ziyolilar hozir imtiyoz qidirish bilan ovora. O‘sha gazetalarda, televidenieda xozirgi sistemani maqtasa, ma'lum imtiyoz olarmikanman, prezident apparatiga chaqirisharmikan, ministr lavozimini berisharmikan, men ham moshinada yurarmikanman degan maqsadlarga o‘tib qoldi ziyolilarimiz.
Yozuvchilarni, shoirlarni millatning vijdoni deyishardi. Hozir ularni millatning vijdoni deb bo‘lmaydi. Iliq joy qidirib qoldi ijodkorlarimiz.
Yog‘li, qorin to‘ydiradigan joy, baland mansabga erishish yo‘llarini qidirishyapti.

Yozuvchining yozuvchi deb atalishidan baland unvon yo‘q. Agar yozuvchi o‘z oldidagi mas'uliyatini his etmasa, jamiyatimiz o‘sha botqoqqa cho‘kaveradi, cho‘kaveradi, cho‘kaveradi, deya ëzg‘irgan edi marxum ijodkor.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 october 2019
Jamoatchilik fikri. Nima u? Katta xolangning yelim kavushimi? Tog‘ang devoriga osib qo‘ygan pilta miltiqmi? Nima o‘zi u?Inglizcha qisqagina «Public ...
4 march 2022
Bugun @eltuz O‘zbekiston Davlat Bojxona Qo‘mitasi rahbariyati ishi yuzasidan surishtiruv olib borilayotgani haqida xabar bergan edi. Surishtiruvlar  nihoyalab qolgan ...
18 june 2021
Qo‘ylar chiqdi bugun deng namoyishga, Dersiz nima g‘ami bor o‘tloqdan o‘zga? Yaylov, yashil maysa dardida aynan Yomon ko‘rinibdi, hokim ...
2 june 2017
17 iyundan ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan «O‘zbekiston 24» telekanali ko‘rsatuvlari mazmunining eskisidan farqli bo‘lishiga ishonish qiyin. Chunki, yangi telekanal boshqa axborot ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...