Asosiy mavzular
20 july 2016

Ko‘sak qurti terimidan so‘ng «chekanka»…

Odatdagidek, bu ishga, ya'ni g‘o‘za nihollarini chekanka qilish ishlariga ham byudjet tashkilotlari xodimlari – bog‘cha opalar, o‘qituvchilar, shifokor va hamshiralar jalb etilmoqda. Ular bundan ilgari eltuz.com xabar berganidek o‘n kun davomida ko‘sak qurti terish bilan shug‘ullanishgan edi.

Chekanka ham ko‘sak qurti terimi kabi og‘ir va pedagogika yoki tibbiyot sohasidan mutlaqo yiroq, o‘qituvchi va shifokorlarga qo‘shimcha daromad keltirmaydigan majburiy mehnat turi hisoblanadi.

«Tumanimizning Markaziy Farg‘ona cho‘llarida yerlari bor, o‘qituvchilar o‘sha yerda 10 kun yotoq sharoitida ko‘sak qurtini terishdi»,- deydi eltuz.com muxbiriga yaqin manba.

«Navbatdagi guruh yana 10 kunlik yotoqqa jo‘natildi» – deydi suhbatdosh. Guruhdagi chekankachilarning barchasi ham oliy ma'lumotli o‘qituvchilar emas, ularning orasida maktabda farrosh, qorovul, bog‘bon, laborant bo‘lib ishlaydigan xodimlar ham bor.

Uchko‘prik, Bag‘dod, Buvayda tumanlari Xalq ta'limi bo‘limi mudirlari bilan telefon orqali bog‘langan Eltuz.com muxbiri, aynan o‘qituvchilarning ko‘sak qurti terish va chekankaga jalb qilish masalalari bilan qiziqdi.

Ammo ulardan ijobiy javob ololmadi. Ular tuman hokimlarining “iltimosini” bajarayotganliklari, o‘qituvchilar bugungi kunda mehnat ta'tilida ekanliklari, ular hech qaerga jo‘natilmaganligi haqida yolg‘on axborotlarni taqdim etishdi.

Aslida, birgina Uchko‘prik tumanidagi 18-umumta'lim maktabi o‘qituvchilari mehnat ta'tilidan majburiy ravishda chaqirib olinganliklari va ko‘sak qurtidan keyin chekankaga deya yana dalaga jo‘natilayotganliklari uchun norozilik bildirishgani ma'lum.

Buvayda tumanidagi maktab o‘qituvchilari esa tumanning Qozoqovul degan cho‘l hududida chekankani boshlab yuborishgan, oldinda ularni paxta terimi kutayapti.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 march 2016
«Buta va yarim butalarning turli ehtiyojlar uchun chopib olinishi tufayli o‘simliklarning urug‘dan ko‘payish xususiyati ancha cheklanib qolyapti. Bugungi kunda ...
1 june 2016
O‘zbekiston inson huquqlari jamiyatining Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi bo‘lgan, Jasliq lagerida 10 yildan beri jazo muddatini o‘tayotgan A'zam Farmonovning ...
8 august 2024
Suratda afg‘onistonlik sportchi ayol Kamiya Yusufi. Parij-2024 Olimpiadasida Kamiya Yusufi Tolibon hukumatiga murojaat qildi. 100 metr masofadagi dastlabki poygadan ...
15 january 2024
77 ëshida olamdan o‘tgan taniqli olim¸ professor Tolib Xudoyberdiev janozasi 13 yanvar kuni Andijonda o‘qildi va Shaxrixonda tuproqqa berildi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...