Kundalik
25 july 2016

Pal sekam ëki mening vidik bilan uchrashuvim

Birinchi vidik rasmini ko‘rganimda fizika matematikaga moslashgan maktabning ikkinchi sinfida o‘qirdim. “Radio” degan jurnalning 1967 yilgi ikkinchi sonini xozir ham olib qo‘yganman.

rasm1701
Bu ikkita g‘altakka videotasma tortilgan ulkan “videotraktor” edi.

Haqiqiy videomagnitofonni fizika o‘qituvchim bilan ekskursiyaga borganim Moskvaning VDNX sidagi ko‘rgazmada ko‘ruvdim.

Lekin baribir “Elektronika-video-591” degan uskunani ko‘rib miyamga g‘alati fikrlar kelgan edi.

“Yalang‘och qizlarni ham tushirsa bo‘ladimi” deb so‘rab fizika o‘qituvchimdan dakki eshitgandim.

Ulg‘ayib maktabda fizika o‘qituvchi bo‘lib olgan ilk maoshim 130 so‘m edi, o‘sha paytda Sovet videomagnitofoni “VM Elektronika-591»”ni narhi 1350 so‘m edi.

Ya'ni 10 oy yemay-ichmay yig‘sam ham “vidik” ola olmasdim. Chunki bu defitsit tovar edi.

Fortsovshiklar (olib-sotarlar) qo‘lida Sharp, JVC, Philips, Funai, Hitachi, Akai, Panasonic, Sony kabi ilk videopleyerlar bor bo‘lib narhi osmonda edi.

Bu mataxni olishga shu qadar ishtiëqmand bo‘lganim bois ëzgi ta'tilda Qirg‘izistondan Moskvaga narkotik yetkazadigan kurer bo‘lishga rozi bo‘ldim.

Ammo o‘zimga va'da berdim. Vidikni sotib olgan zahotim bu ishni to‘xtataman deb.

Men sotib olgan ilk vidik “Panasonic NV-2000” rusumli edi. (Keyin aniq bo‘lishicha, sovetlarning Elektronika-591 videomagnitofoni shu yapon molining plagiat ko‘chirmasi ekan)

Hullas vidikni kattaligi cho‘pon itni iniday bo‘lgan “Gorizont” degan sovet televizoriga uladik.

Fortsovshiklardan katta pulga sotib olgan “Malchishnik” degan kino ëzilgan VHS kassetani texnika taraqqiëtiga daxldorlik kabi his tuyg‘udan mast bo‘lib kasseta ichiga tiqib pley degan tugmani bosdim.

Ammo sevgan artistim Tom Xenks ijro qilgan bu kino sovet rangli televizorida oq-qora bo‘lib ko‘rindi.

Fizika muallimi sifatida pal, sekam kabi ëyin tizimidan habardor bo‘lsam ham bu tizimlar o‘rtasidagi to‘qnashuv qurboni bo‘laman deb o‘ylamagan edim.
Oldimda ikki yo‘l bor edi.

1.Pal ëki pal-sekam rusumli televizor sotib olishim lozim edi.
2.Kinolarni oq-qora ko‘rishga rozi bo‘lishim kerak.

Chet el televizorini falon pulga olish uchun yana narkokurer bo‘lishga yuragim dov bermadi va “Grecheskoy smokovnitsы” “A nu-ka, devochka, razdensya” kabi “uyat kinolar”ni ilk bora oq-qora tarzda ko‘rdim.

Ër-do‘stlar menda vidik borligini bilib osh qilib ziëfatga chaqirishar edi.

Videomagnitofonni ulkan chemodanga solib shahar bo‘ylab yurganimda hamshaharlar chemodan ichida vidik borligini va chemodan ko‘targan kishi porno kinolar ko‘rishini aniq bilib menga andishali boqishar edi.

Ba'zan KGB ortimizdan tushgan xollari ham bo‘ldi. Bu endi alohida hikoya

Abduqayum Azimov,
(ismi sharif o‘zgartirilgan)
Nafaqadagi fizika o‘qituvchisi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 march 2024
Termiz shahrida uylari buzilib, o‘rniga yangi ko‘p qavatli uylardan yangi uy va'da qilingan 200 nafarga yaqin fuqaro uch yildan ...
18 april 2018
Mirziëev N viloyatining olis bir tumaniga vertolyotda uchib keldi. Yurtboshi tikuchar zinasidan tushib, atrofga alanglab qaradi. Atrof ivirsib ëtibdi. ...
23 november 2016
Avvaliga ijtimoiy tarmoqda feyk akkauntlar orqali tarqalgan, Gulnora Karimovaning o‘lgani yoki tirikligiga oid xabarlar tezgina o‘zini jiddiy deya sanagan ...
8 august 2025
Eltuz tahririyatiga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra “O‘zsuvta'minot” AJda rahbar almashganidan keyin vaziyat yaxshilanish o‘rniga battar  yomonlashgan.  2024 yil 6 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...