Ko‘zqarash
21 september 2016

Mirziëev sharafiga palma yaprog‘i

Toshkent markazida turaman, balkondan oliy majlis ko‘rinadi, sal narida prokuratura. Ammo shuncha yildan beri dom oldidagi bir uyum chiqindi olinmasdan ëtuvdi. Ëlg‘on bo‘lmasin Navro‘zdan beri.

Kecha Mirziëev keladi deb o‘sha chiqindilarni ko‘rinmas odamlar tozalab o‘rniga palma ekib qo‘yishibdi. Hamma hursand, kimdir qolgan umrida palma ko‘rganiga, kimdir chiqindi hidi nari bo‘lganiga. Shu payt osmondan pat-pat qilib tikuchar uchib o‘tdi. Hoji boboyu hoji onalar osmonga qarab “ana Mirziëev” deb duoga qo‘l ochishdi.

Kechagina atrofi temir panjaralar bilan o‘ralgan mashinalar turadigan maydon o‘rnida rang-barang gullar ochilib yotibdi. Turar joy, hukumat binolari, restoranlarning devorlari yangi bo‘yalgan, bir kun avval tashlandiq holda yotgan joyda bolalar maydonchasi qurilgan, ko‘chalar supurib sidirilgan, yo‘llar ozoda, xullas, hayratdan qotib qoldim, hushim boshdan uchdi ketdi…

Ayni kuz avjida anvoyi gullarning barq urib ochilishini qarang. Sababini surishtirsam, guzarimizga Vaziri a'zam tashrif buyurarkanlar.

Ënimizdagi bozorchada bodring sotadigan hola chin dildan duo qildi. Holaning aytishicha endi bundan buën bodring sotganda kassa apparat kerak emas ekan.

“Mirziëev bekor qildilar kassa apparatni, iloyim imzo qo‘ygan qo‘llari dard ko‘rmasin”

Hoji bobolar tilida esa boshqa gap:

“Bu borishda o‘ldirishadi buni”

“E o‘ldirishmaydi, Allaqachon SNB oxranasidan voz kechibdiku. Alisher Usmonov oxran yuboribdi Sho‘katakani qorovullaysan deb”

“Putinni o‘zi chinor qo‘ndoqli gvardiya askarlarini jo‘natibdi qorovullikka”

Toshkentdan maktublar

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 april 2016
Endilikda O‘zbekistonda ayg‘oqchilik qilish uchun SNBa yollanish shartmas, aholi ko‘p to‘plangan joylarda biror odamning davlatga qarshiligidan gumoningiz bo‘lsa kifoya. ...
17 december 2025
Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Poytaxtga kirish nuqtalarida tashkil etilayotgan avtoparklar shaharga kirish yoki ...
10 july 2017
6 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoevning mamlakat sud-huquq tizimini keskin tanqid qilishi ortidan O‘zbekiston sudyalari xalqqa murojaat bilan chiqdi. ...
25 december 2023
Toshkent shahar IIBB tarqatan rasmiy xabarga ko‘ra, O‘zbekistonda yagona “vor v zakone” Baxti Tashkentskiy nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaevning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...