Asosiy mavzular
19 december 2016

Karlov o‘ldirilgan joyda o‘zbek elchisi ham bo‘lgan

Anqaradagi zamonaviy san'at galereyasida rus fotosuratchilarining «Rossiya turklar nigohida» ko‘rgazmasining ochilish marosimida va'z o‘qiëtgan Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov otib o‘ldirildi.

Ba'zi manbalarga ko‘ra, Mert Oltintosh turk politsiyasi tezkor guruxi zobiti bo‘lgan

Voqea joyida O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Ulfat Qodirov ham bo‘lgan. Qotil ilk o‘qni uzgan paytda Qodirov birinchilardan bo‘lib zalni tark qilgan.

Ko‘rgazma bo‘laëtgan zalga «politsiyadanman» deya kirgan zamonaviy kostyum shimli kishi avvaliga osmonga o‘q uzib «daf bo‘ling hammangiz» deya baqirgan. Keyin esa elchining yelkasiga o‘q uzgan.

Qotil elchiga qarab ketma-ket o‘q uzarkan, «Halabda o‘ldirilgan norasida go‘daklar uchun qasos olaman. Ollohu Akbar» deya hayqirgan.

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov qotillik sodir etilgan payt Tsar pushka va uchta zambarak o‘qi aks etgan rasm fonida nutq so‘zlayotgan edi.

Odamlar zalni tark etganidan keyin qotil elchiga qarab yana o‘q uzgan.

Asnoda qotil turk maxsus kuchlari tarafidan o‘ldirilgan.

Rossiya rasmiy manbalari rus elchisi Andrey Karlovning o‘lganini tasdiqladi.

Eltuz muxbirining aniqlashicha, rus elchisini o‘ldirgan 22 yashar yigitning ismi Mert Oltintosh bo‘lgan. Ba'zi manbalarga ko‘ra, u haqiqatdan ham turk politsiyasi tezkor guruxi zobiti bo‘lgan.

Rossiyaning Suriyada olib boraëtgan harbiy harakatlariga javoban qurolli hujum uyushtirilgani iddao qilinmoqda.


Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 september 2020
2 sentyabr kuni Buxoro inqilobi va Buxoro Xalq Respublikasining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tadi 2.09.2020, ChORShANBA Nursulton ...
14 february 2020
Rassom Kirpi
9 august 2023
Qiziriq tumani hokimi Sherzod Rajabov ayrim maktab direktorlarini ishdan bo‘shash haqida ariza yozishga majburlamoqda. Eltuzga kelgan shikoyatga ko‘ra, direktorlardan ...
23 july 2024
Tutqunlikdagi 12 nafar bola Ukrainaga, o‘zbek asiri esa Rossiyaga qaytarildi, Falastinga reparatsiya to‘lovi belgilandi, Baxti Tashkentskiyning sheriklaridan biri o‘ldi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...